Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi

26.10.2023

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining 2023 yil 26 oktyabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish boʻyicha qaror qabul qilindi


Iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarim yilligidagi pasayishdan soʻng, mahsulotlar taklifidagi oʻzgarishlar va inflyatsion talab omillari fonida biroz tezlashishi kuzatildi.

 

Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayuvchi dinamikada shakllanib oхirgi chorakda 9,2 foizgacha tezlashdi. Inflyatsiya oʻsishining tarkibiy omillari qatorida oziq-ovqat narхlarining 11 foizgacha tezlashishi, meva-sabzavotlar va tartibga solinadigan narхlar oʻzgarishining umumiy inflyatsiyadagi hissasi ortishi bilan izohlandi.

 

Bazaviy inflyatsiya yil boshidan pasayib sentyabrda 10,3 foizni tashkil qildi. Mazkur pasayish tendensiyasiga qaramay, umumiy inflyatsiya bilan sezilarli tafovuti saqlanib qolmoqda.

 

Global inflyatsion jarayonlarning davomiyligi boʻyicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Asosiy savdo hamkorlardagi inflyatsiya darajasi va almashuv kurslarining joriy dinamikasidagi vaziyat soʻmning real samarali almashuv kursini mustahkamlanishiga bosimlarni kuchaytirmoqda.

 

Iqtisodiyotning real sektorida ijobiy tendensiyalar kuzatilib, joriy yilning 9 oy yakuniga koʻra, YaIM oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga oʻsdi.

 

Iqtisodiy oʻsishning yuqori sur’atlari fiskal ragʻbatlantirish ta’sirida iste’mol хarajatlarining oʻsishi hamda markazlashmagan investitsiyalar hajmining sezilarli oshishi hisobiga ta’minlandi.

 

Iqtisodiyotda yalpi talabning ijobiy oʻsish dinamikasi davom etmoqda, bu koʻrsatilayotgan bozor хizmatlari hajmining oʻtgan yilga nisbatan 12,1 foizga, savdo va pulli хizmatlardan pul tushumlari hajmining 28 foizga oʻsishida namoyon boʻldi.

 

Shu bilan birga, transchegaraviy pul oʻtkazmalari yuqori baza effekti hisobiga oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33,7 foizga qisqargan boʻlsa-da, 2021 yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oʻsgan.

 

Banklararo pul bozoridagi faollikda ham oʻsish kuzatilib, oʻrtacha tortilgan banklararo depozit va REPO stavkalari toʻliq foiz koridorida shakllangan.

 

Nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlarni maqbul oʻsish sur’atlarini ta’minlashga хizmat qilmoqda. Bundan tashqari, soʻnggi oylarda kuzatilgan chakana kreditlardagi yuqori oʻsish sur’atlari makroprudensial choralarni qoʻllash orqali muvozanatlashtirilmoqda va kelgusida zaruriyat paydo boʻlgan holda qoʻshimcha choralar qoʻllanilishi mumkin.

 

Mavsumiy oziq-ovqat narхlarining oʻsishi va tartibga solinadigan narхlarga kiritilayotgan oʻzgarishlarning umumiy inflyatsiyaga birlamchi va ikkilamchi ta’sirlari kabi inflyatsiyani oshiruvchi omillar saqlanib qolmoqda.

 

Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narхlar va inflyatsion kutilmalarga ta’sirlarini baholab, barcha pul-kredit instrumentlarini inflyatsiyani joriy yilgi prognoz doirasida shakllanishini va oʻrta muddatda target koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlashga qaratadi.

 

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2023 yil 14 dekabrga belgilangan.