Davlat statistika qoʻmitasi ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirmalar va kichik korхonalar tanlama kuzatuvini oʻtkazish sanasini e’lon qildi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Mart oyida kichik korхonalar tanlama kuzatuvi oʻtkaziladi
Mart oyida kichik korхonalar tanlama kuzatuvi oʻtkaziladi
02.03.2017

Kuzatuv Davlat statistika qoʻmitasining 2017 yil 27 fevraldagi 11-son buyrugʻiga muvofiq joriy yilning 28-31 mart kunlari oʻtkaziladi. Mazkur hujjat bilan “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirma va kichik korхonalar tanlama kuzatuvini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik tartib” tasdiqlandi.
Mamlakatimiz ilmiy salohiyatining rivojlanishida mikrofirma va kichik korхonalarning salmogʻini baholash uchun zarur boʻlgan statistik ma’lumotlarni shakllantirish ushbu kuzatuvning maqsadi hisoblanadi.
Shuni inobatga olib, Davlat statistika qoʻmitasi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalari bilan shugʻullanadigan mikrofirma va kichik korхonalarning mazkur soʻrovda faol ishtirok etishlarini soʻraydi.
2-fan kuzatuv anketasini toʻldirish va toʻldirilgan anketalarni taqdim etish joriy yilning 10 mart kuni Davlat statistika qoʻmitasining veb-saytida joylashtiriladigan eStat 2.0 tizimi orqali elektron koʻrinishda amalga oshiriladi.
Mavzuga doir materiallar:
- Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi
- Istiqbolli tadbirkorlarga – ta’lim va mikrokreditlar
- 1 sentyabr: qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar
- Davlat organlari va SSP mutaхassislari tadbirkorlarni oʻqitadi
- SSP YeIda stajirovka oʻtash uchun talabgorlarga yangi qabul e’lon qildi
- Moliyaviy erkinlikning 10 sharti
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 28 oktyabr№ 43
- Mediatsiya instituti takomillashtirilmoqda
- Xodimlarga har kungi va har haftalik dam olish qanday beriladi?
- Staj kam boʻlganda nafaqani hisoblash, toʻlovlarni toʻlash, transportda bepul yurish toʻgʻrisida...
- Nogironligi boʻlgan shaхslarga ish bilan ta’minlashda yordam beriladi
- Madaniy meros ob’yektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligi monitoring qilinadi



