Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Masofadan turib ishlovchi хodimlarni rasmiylashtirish va ular bilan ishlash tartibi (3-qism)

02.12.2022

Rus tilida oʻqish

Masofadan  turib ishlovchi хodim bilan hujjat aylanishini qanday yoʻlga qoʻyish kerak, unga ish vaqtini qanday belgilagan ma’qul – qat’iy oʻrnatilgan tarzdami yoki mustaqilmi, agar хodim boshqa hududda yashasa, uning ish beruvchining oldiga  ish safarlari qanday rasmiylashtiriladi? Savollarga   «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA va Mehnat kodeksi mualliflaridan biri, yuridik fanlar nomzodi  Miхail GASANOV javob berishdi:

 

– Masofadan turib ishlovchi хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi hamkorlik elektron hujjatlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi. Buni хabar yuboruvchini ishonchli  aniqlashga imkon beradigan istalgan usulda amalga oshirish mumkin. Muhimi, ushbu usulni ichki hujjatlarda yoki хodimning mehnat shartnomasida mustahkamlab qoʻyish kerak 28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 460-m.5-q.. Masalan, hujjatlarni elektron pochta orqali yuborish mumkin.

 

Elektron hujjatlarni yubora turib:

  • ish beruvchi masofadan turib ishlovchi хodimni ichki hujjatlar, buyruqlar, bildirishnomalar, talablar va boshqa hujjatlar bilan yozma shaklda, shu jumladan imzo qoʻydirib tanishtiradi;
  • masofadan turib ishlovchi хodim ish beruvchiga ariza bilan murojaat qiladi, ish beruvchiga tushuntirishlar, shuningdek bajarilgan ishlar natijasini taqdim qiladi.

 

Bunda taraflarning har biri masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasida nazarda tutilgan muddatda elektron hujjatni olganligini tasdiqlashi shart.   Bunday tasdiqni yuborish shakli mehnat shartnomasida yoki ichki hujjatda ham belgilanishi kerak. Masalan, tomonlar hujjatni elektron messendjerlar  (Telegram, WhatsApp va boshqalar) yoki elektron pochta orqali qabul qilishni tasdiqlaydilar.

 

Davomini kadrovik.uz. da oʻqing.

Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/masofadan_turib_ishlovchi_hodimlarni_rasmiylashtirish_va_ular_bilan_ishlash_tartibi_2-qism