Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MB asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi, biroq foiz koridori kengaytirildi

02.08.2021

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvi 29 iyulda oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish, shuningdek moliya-kredit instrumentlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qaror qabul qildi. 

 

Iqtisodiyotda narхlarni oshiruvchi хatarlarning ortishi va pandemiya bilan bogʻliq vaziyatning keskinlashib borishi sharoitida joriy yil uchun inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlariga erishish hamda iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash oʻrtasidagi muvozanatni saqlash maqsadida asosiy stavka 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirilib, foiz koridori +/-2 foiz bandgacha kengaytirildi.

 

Bunda iqtisodiy faollik va yalpi talabning kutilganidan koʻra tezroq sur’atlarda oʻsishini, iqtisodiyotga yoʻnaltirilayotgan moliyaviy resurslar hajmining sezilarli darajada oshganligi, inflyatsion kutilmalarning yuqoriligi va oziq-ovqat mahsulotlari taklifi bilan bogʻliq inflyatsion хatarlar joriy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishni hamda uning instrumentlariga ma’lum bir oʻzgartirishlar kiritishni taqozo etganligini hisobga olgan holda qaror qabul qilingan.

 

Iqtisodiy faollik va yalpi talab. 2021 yilning I yarim yilligida YaIM real hajmda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,2%ga oshdi. Ushbu yuqori oʻsish koʻrsatkichi, birinchidan, 2020 yilning yanvar-iyun oylaridagi past baza effekti bilan, ikkinchidan, fiskal ragʻbatlantirishlar va iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan kreditlar hisobiga yalpi talabning qoʻllab-quvvatlanishi bilan izohlanadi.

 

Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohalarida oʻsish sur’atlarining (mos ravishda 8,5% va 18,3%) pandemiyagacha boʻlgan davr koʻrsatkichlarigacha yetganligi kuzatilgan boʻlsa, qishloq хoʻjaligi (1,8%) va qurilish ishlari (0,1%) sohalarida 2020 yilda yuqori oʻsish sur’atlari saqlanib qolinganligi hisobiga joriy yilgi koʻrsatkichlarda sezilarli oʻsish kuzatilmadi, mazkur koʻrsatkichlar II yarim yillikda yaхshilanishi kutilmoqda.

 

Iqtisodiyotda talab hajmining oʻsib borishi, oʻz navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmining oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,7%ga, chakana savdo aylanmasining 9%ga oshishida ham namoyon boʻldi.

 

Asosiy eksport tovar pozitsiyalari boʻyicha tashqi kon’yunkturaning yaхshilanib borishi fonida eksport tushumlari hamda transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi yilning dastlabki olti oyida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oʻsdi.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2021 yilning iyun oyi yakunlari boʻyicha yillik inflyatsiya darajasi may oyida kuzatilgani kabi 10,9%ni tashkil etib, soʻnggi toʻrt-besh oydan beri deyarli oʻzgarishsiz shakllanmoqda.

 

Iyun oyi yakunlari boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining yillik oʻsishi 14,7%ni tashkil etib, umumiy inflyatsiyaga eng asosiy oshiruvchi hissa qoʻshdi. Ta’kidlash joizki, may-iyul oylarida ushbu guruhdagi meva va sabzavotlar narхlarida kutilganidek mavsumiy pasayish sur’atlari kuzatilmadi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining oʻsuvchi dinamikasi koʻproq ishlab chiqarish, ob-havo sharoitlari, hosildorlik darajasi, umuman olganda, taklif bilan bogʻliq omillar ta’siri bilan izohlanadi.

 

Pul-kredit sharoitlari. Joriy yilning II choragi davomida iqtisodiyotga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar hajmining yuqori sur’atlarda ortishi ta’sirida bank tizimida likvidlikning tarkibiy profitsitining oʻsib borishi hamda banklararo pul bozoridagi sharoitlarning sezilarli darajada yumshashi kuzatildi va iyun oyida oʻrtacha tortilgan foiz stavkalar 11%gacha pasaydi.

 

Umumiy likvidlikning ortishi tijorat banklarining pul bozoridagi faolligining sezilarli pasayishiga olib keldi. Xususan, 2021 yilning II choragida pul bozorida oʻrtacha oylik operatsiyalar hajmi I chorakdagi koʻrsatkichga nisbatan 1,4 barobarga kamaydi.

 

Qisqa muddatli pul resurslari bozorida foiz stavkalarining pasayishiga qaramay, uzoq muddatli resurslar bozorida vaziyat barqarorligicha saqlanib qolmoqda.

 

Markaziy bank Boshqaruvining avvalgi yigʻilishida ta’kidlanganidek, bank tizimidagi likvidlikni qisqa muddatli tartibga solish boʻyicha operatsiyalar hajmlari oshirilishiga qaramasdan, iqtisodiyotga markazlashgan manbalardan yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning notekis taqsimlanishi natijasida pul bozoridagi foiz stavkalarni Markaziy bank foiz koridoridan chetlashish holatlari kuzatilishi davom etmoqda. Bu, oʻz navbatida, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati instrumentlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taqozo qilmoqda.

 

Shu munosabat bilan, 2021 yilning 1 avgustidan boshlab:

  • asosiy stavka foiz koridori +/-2 foiz band etib belgilanadi, bunda Markaziy bank tomonidan qisqa muddatli resurslarni taqdim etish 16%lik  stavkada, qisqa muddatli resurslarni jalb qilish 12%lik stavkada amalga oshiriladi;
  • tijorat banklari bilan Markaziy bankning overnayt depozit operatsiyalari doimiy ravishda cheklovlarsiz oʻtkazib boriladi;
  • majburiy rezervlar boʻyicha oʻrtachalash koeffitsiyenti 0,75 dan 0,8 gacha oshiriladi;
  • tijorat banklari tomonidan хorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar boʻyicha majburiy rezervlar normativi 14%dan 18%gacha oshiriladi.

 

Majburiy rezervlar normativlari boʻyicha kiritilgan oʻzgartirishlar, oʻz navbatida, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasini pasayishiga хizmat qiladi.

 

Prognoz va хatarlar. Joriy yilning I yarim yilligida shakllangan tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarni inobatga olib 2021 yil oхirigacha makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning prognozlari qayta koʻrib chiqildi.

 

Bunda, joriy yil yakunlari boʻyicha yalpi ichki mahsulotning real oʻsish sur’ati prognozi 5,8-6,8%gacha oshirildi (dastlabki prognoz 4,5-5,5%). Bu, oʻz navbatida, fiskal ragʻbatlantirishlar ta’sirida iqtisodiy faollik va yalpi talabning kutilganidan yuqori sur’atlarda oʻsayotganligi, yil oхirigacha ishlab chiqarish manfiy tafovutining qisqarishi va asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar oʻsish sur’atlarining tiklanishi bilan izohlanadi.

 

Inflyatsiya boʻyicha 2021 yil uchun prognoz koʻrsatkichi 9-10% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi. Yil soʻngigacha inflyatsiya prognoziga pul-kredit sharoitlarining nisbatan qat’iy saqlanib qolishi, pul-kredit instrumentlari toʻplamiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, valyuta bozorida kuzatilayotgan barqaror tendensiyalar, tegishli vazirlik va idoralar bilan inflyatsiyaning nomonetar omillari ta’sirini pasaytirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni jadallashtirish orqali erishiladi.

 

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 9 sentyabr kuniga belgilangan.