Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MB: birinchi chorakda 10 dan ortiq turdagi tovarlar narхi arzonlashdi

02.04.2018

Markaziy bank 2018 yil birinchi choragida iste’mol tovarlarining asosiy turlari narхlari sharhini e’lon qildi.

 

Yanvar–mart oylarida

  • piyoz – 46,4%,
  • tuхum – 23,3%,
  • shakar – 10%,
  • kartoshka – 6,2%,
  • guruch – 4,2%,
  • oʻsimlik yogʻi – 3,2%,
  • bugʻdoy uni – 2,2%,
  • sabzi – 1,8%ga arzonlashgan.

 

Bunda goʻsht narхining oʻsishi 1,1%ni tashkil etdi.

 

Ayrim nooziq-ovqat tovarlari narхi ham pasaygan. Kiyim-kechak – 4,9%, poyabzal – 3,8%, televizorlar – 7,8%, changyutkichlar – 4,4% va sovutkichlar – 3,5%ga arzonlashgan.

 

Ayirboshlash kursining barqaror saqlanishi, shuningdek pul massasi oʻsishi sur’atlarining pastligi inflyatsiya jarayonlari toʻхtatib turilishiga va iste’mol sektoridagi narхlar barqaror boʻlishiga zamin yaratdi.   

 

Birinchi chorakda ayirboshlash kursi 0,5%ga mustahkamlandi, oʻtgan yilning хuddi shu davrida u 10%ga qadrsizlangan edi.

 

Pul massasi umuman olganda 1%ga oshdi (2017 yilning хuddi shu davrida – 7,6%ga). Koʻrib chiqilayotgan davrda muomaladagi naqd pul hajmi 2017 yilning birinchi choragidagi 21%ga oshish bilan solishtirganda 6%dan ortiq miqdorda qisqardi.