Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

MB qayta moliyalashtirish stavkasini oʻzgarishsiz qoldirdi

13.02.2018

Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalashtirish stavkasini joriy yilda yillik 14% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Fiskal va tashqi omillarning pul massasi dinamikasiga boʻlgan kuchli ta’siri sharoitida qayta moliyalashtirish stavkasining oʻta oshib ketishi real sektordagi ishbilarmonlikning faollashuvi va investitsiyaviy jarayonlarga salbiy ta’sir koʻrsatgan holda kutilgan natijalarni bermasligi mumkin.

 

Shundan kelib chiqib, Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalashtirish stavkasini joriy yilda yillik 14% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Bank sektorida likvidlikning keragidan oshib ketishi va uning hajmlari nihoyatda oʻsib ketishi yuzaga kelgan taqdirda, shuningdek monetar omillar tomonidan potensial inflyatsion tavakkalchiliklar kuchayganda Markaziy bank pul-kredit siyosatining inflyatsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni, shu jumladan, tijorat banklari tomonidan majburiy zaхiralash tartibiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoʻli bilan ham amalga oshiradi.