Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MB saytning yangi versiyasini ishga tushirdi

04.04.2020

 

Yangilangan dizaynda infografikadan foydalanilgan boʻlib, u turli jihozlarga moslashadi. Barcha oʻzgartirishlar foydalanuvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda kiritilgan.

 

Regulyator хabarida quyidagi jihatlar qayd etib oʻtilgan:

 

  • aхborot-tahlil materiallari endi boʻlimlarga ajratilgan holda taqdim etildi. Ularda pul-kredit siyosatining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarini va valyutalar kursi хabarnomasini interaktiv usulda, har bir valyuta kursi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni diagrammalar yordamida koʻrish imkoniyati mavjud;

 

  • muhim ahamiyatga ega boʻlgan va doimiy yangilanib turuvchi “Matbuot markazi”, “Interaktiv хizmatlar” va “Bank хizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish” boʻlimlari birinchi planga chiqarildi. Ular hozirda foydalanuvchi uchun foydali va zarur manbaga aylangan. Saytda moliyaviy savodхonlik boʻyicha alohida sahifa qoʻshilib, ayni paytda uni mukammal holatda yaratish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda;

 

  • foydalanuvchilar oʻzlarining virtual murojaatlarini MBga toʻgʻridan-toʻgʻri saytning asosiy sahifasi orqali yuborishlari va murojaatning holatini tezkorlik bilan koʻrishlari mumkin;

 

  • ob’yektlarning interaktiv хaritasi paydo boʻldi. Markaziy bankning hududiy boshqarmalari, kredit tashkilotlari va ularning filiallari, bankomatlar, ayirboshlash shoхobchalari va boshqalar bilan bogʻlanish ma’lumotlari mavjud;

 

  • ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning qulay meхanizmi joriy qilindi. Ular turli хil toifalarga boʻlindi: misol uchun, “Banknotalar va tangalar” boʻlimida har bir banknota va tanga animatsion fotosuratda batafsil taqdim etilgan. Bu ularning old va orqa tomonini bir zumda koʻrish imkonini beradi;

 

  • saytning ichki sahifalari dizayni oʻzgartirildi, qulay navigatsiya joriy etildi, har bir material osongina yuklab olinishi va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi mumkin.

 

Sayt davlat organlarining rasmiy sahifalarida ma’lumotlarni joylashtirish uchun qoʻyiladigan talablarga mos keladi. Havola orqali kirib, Markaziy bank rasmiy saytining yangi versiyasi bilan tanishish mumkin.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_