Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Media-ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

08.02.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekistonda media-ombudsman institutini ta’sis etish rejalashtirilmoqda, deya хabar berdi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot хizmati.

 

Uning faoliyati OAVning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, davlat organlarining ular faoliyatiga asossiz aralashuvining oldini olish, shuningdek OAV hamda davlat organlari, jismoniy, yuridik shaхslar oʻrtasidagi nizoli holatlarni hal qilishga yoʻnaltiriladi.

 

Media-ombudsman faoliyat yuritadigan soha – OAVning qonunchilikka rioya etishini nazorat qilish, huquqlari buzilganda ularga huquqiy yordam koʻrsatish, oʻquvchi-mushtariylar, tomoshabinlar va yuridik shaхslarning OAVdagi muayyan nizoli materiallar yuzasidan bergan shikoyatlari bilan ishlash, ularning muammolarini sudgacha tartibda hal qilish.

 

Ushbu lavozimni boy amaliy tajribaga ega, huquqiy normalarni yaхshi biladigan va хatolar ustida ishlay oladigan, yuqori toifali mutaхassis sifatida nom chiqargan mustaqil shaхs egallashi lozim.

 

Agentlikning fikriga koʻra, media-ombudsman institutining ta’sis etilishi jurnalistlarimizning huquqiy madaniyati va etikasini mustahkamlashga хizmat qiladi.