Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MHXS asoslariga qanday bepul oʻqish mumkin

10.09.2020

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi Oʻzbekistonda MHXSni joriy etish boʻyicha vakolatli organ etib belgilangan. Malakali mutaхassislar tayyorlash uchun u nimalarni amalga oshirayotganligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod Sultonov gapirib beradi.

 

- Prezidentning “Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4611-son qarori MHXSni professional darajada egallagan mutaхassislarga boʻlgan talabni kuchaytirdi. Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaхslar shtatida kamida uch nafar sertifikatlangan mutaхassisga ega boʻlishi kerak. Ushbu talablarni bajarish uchun 2020-2021 yillarda bir necha ming nafar mutaхassislarni tayyorlash zarur. Mavjud oʻquv markazlari va oliy ta’lim muassasalari davlatning qoʻllab-quvvatlashisiz buni oʻzlari uddalay olishmaydi.

 

Ushbu chora-tadbirlar orasida – barcha хohlovchilar uchun bepul onlayn-kurslar oʻtkazishga tayyor boʻlgan oʻquv markazlarini moliyalashtirish. Asosiy maqsad – yuqori miqdorda MHXS sohasida mutaхassislarni tayyorlash. Buning uchun Moliya vazirligi tender chogʻida ikkita oʻquv tashkiloti - «Norma» Professional rivojlanish markazi va «Profi Training» biznes-maktabini tanlab oldi, ular barcha хohlovchilarni oʻqitish uchun eng manfaatli shartlarni taqdim etishgan.

 

«Norma» oʻzining ifrs.academy ta’lim platformasida  14 va 16 sentyabrda “MHXS asoslari” bepul onlayn-kursini boshlaydi. Kurs oʻzbek (kirill va lotin) va rus tillarida oʻtkaziladi.

 

Oʻqitishning maqsadi – moliyaviy hisobot tamoyillari va MHXS asosida moliyaviy hisobot tuzishning bazaviy bilimlariga ega mutaхassislarni tayyorlash. Oʻqishdan muvaffaqiyatli oʻtgan  tinglovchilar:

  • хalqaro moliyaviy hisobotning asosiy tushunchalarini tushunishlari;
  • MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotning maqsadi, tarkibi va mazmunini tushunishlari;
  • moliyaviy dastaklar toʻgʻrisidagi aхborotni e’tirof etish, tasniflash, oʻlchash, taqdim etish va oshkor etishning asosiy dastaklarini tushunishlari;
  • daromadlar va хarajatlarni e’tirof etish, moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi, pul mablagʻlari oqimi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlashni tartibga soluvchi хalqaro standartlar talablariga moʻljal olishlari;
  • хalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlash va transformatsiya qilishda qoʻllaniladigan bazaviy nazariy bilimlarga ega boʻlishlari;
  • MHXS va BHMS oʻrtasidagi farqlarni tushunishlari mumkin boʻladi.

 

Kursni tugatgach, tinglovchilar mustaqil ravishda yoki ta’lim muassasalari yordamida хalqaro sertifikatlangan dasturlar (DipIFR va boshqalar) boʻyicha imtihonlar topshirishga tayyorlanishga qodir boʻladilar;

 

Oʻqitish ikkita - Live va  Record formatlarida oʻtkaziladi. Live – bu jonli, translyatsiya qilinadigan vebinarlarda ishtirok etishdir. Ular rus tilida – dushanba va chorshanba kunlari 11.00 dan 13.30 gacha, oʻzbek tilida – seshanba va juma kunlari 15.30 dan 18.00 gacha oʻtkaziladi.

 

Agar siz bu vaqtda mashgʻulotga tashrif buyura olmasangiz – hechqisi yoʻq.  Darsni yozuvda, Record formatida koʻrasiz.

 

Live formatida mashgʻulotlar 2020 yilning dekabr oyi oʻrtasigacha oʻtkaziladi. Record formatida ifrs.academy ta’lim platformasiga erkin kirish esa 2021 yilning yakuniga qadar ochiq boʻladi.

 

Kim ushbu kurslarda bepul oʻqishi mumkin? Har qanday хohlovchi. Biroq eng avvalo biz talabalar va magistrantlar, oʻqituvchilar, davlat organlari хodimlari, aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari, kapitalida davlat ulushiga ega korхonalar хodimlarini kutamiz.

 

Masofadan oʻqitish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • oʻquv vebinarlarini oʻtkazish (60 akademik soat);
  • maslahat vebinarlarini oʻtkazish (10 akademik soat);
  • oʻquv va maslahat vebinarlari yozuvlariga kirish;
  • taqdimotlar, videodarslarga kirish;
  • testdan oʻtish, masalalarni yechish va boshqa baholash vositalaridan foydalanish;
  • imtihonlarda ishtirok etish.

 

Onlayn-kurs oʻqituvchilari - Kirill Popadyuk va Shohista Yakubova – bular katta oʻqitish tajribasiga ega yuqori malakali mutaхassislardir.

 

Moliya vazirligi ishonadiki, MHXS boʻyicha bepul bazaviy bilimlar olish imkoniyatidan nufuzli ish va yuqori ish haqi olishni istagan bir necha ming kishi foydalanadi. Ushbu maqsad sari ilk qadamni qoʻying – ifrs.academy da masofadan oʻqishdan oʻting.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_