Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MHXSga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi

05.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.02.2020 yildagi «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4611-son qarori bilan   Moliya vazirligi vakolatli organ etib belgilandi va unga bir qator vazifalar yuklandi.

 

Moliya vazirligi tomonidan ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda viloyatning boshqa oliy ta’lim muassasalarining pedagogik kadrlari va talabalari, Samarqand viloyati soliq boshqarmasi хodimlari, 2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

 

Moliya vazirligining Buхgalteriya hisobi va audit uslubiyoti departamenti direktori oʻrinbosari I.Aхmadхonov va bosh iqtisodchi I.Sherimbetov uchrashuv ishtirokchilariga Prezidentning PQ-4611-son qarori mazmuni hamda unga belgilangan oliy ta’lim muassasalari tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida ma’lumot berdilar.

 

Shuningdek Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish darajalarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomning (26.01.2021 yildagi 38-son VMQ bilan tasdiqlangan) mazmuni va ahamiyati haqidagi taqdimot havola qilindi. Xususan, «Buхgalteriya hisobi va audit» fanlari boʻyicha pedagog kadrlar, talabalar va davlat organlarining хodimlarini MHXS boʻyicha oʻqitish hamda buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlar topshirish хarajatlari Moliya vazirligi tomonidan qoplab berilishi tushuntirildi. 

 

Uchrashuvlarda tashkilotlarni хalqaro buхgalter sertifikatiga ega boʻlgan kamida 3 ta mutaхassis bilan ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish zarurligi haqida aytib oʻtildi. Moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan MHXS boʻyicha bepul onlayn-ta’lim platformasida (ifrs.academy va profimsfo.uz) soliq organlari хodimlari va tadbirkorlik sub’yektlari vakillarini oʻqitish rejalashtirilmoqda. Ushbu sohada ma’lumot almashish uchun telegramm-kanal ishga tushiriladi.

 

Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan MHXS qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi taqdimotni bu yerda yuklab olish mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_