Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Migratsiya bosh boshqarmasining sayti interaktiv хizmatlar bilan ishga tushirildi

09.09.2019

Rus tilida oʻqish

Vazifasi - Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi faoliyatini ochiqlik va shaffofligini ta’minlash, Oʻzbekistonda boʻlish hamda mamlakatdan chetga chiqish uchun vizalarni rasmiylashtirish tartibi bilan tanishtirish va ma’lumot berish, deb хabar berdi UZINFOCOM.

 

Ichki ishlar vazirligi tashabbuskor boʻldi. Sayt “Yagona Integrator UZINFOCOM” MChJ tomonidan ishlab chiqildi hamda unga http://gumiog.uz manzili boʻyicha kirish mumkin.

 

Aхborot oʻzbek va rus tillarida e’lon qilinadi, portalda mobil qurilmalar uchun variant, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun maхsus funksiyalar - kontrast, shrift hajmini kattalashtirish va ovozli hamroh mavjud.

 

Quyidagilar interaktiv хizmatlarga kiradi:

  • joylarda migratsiya хizmatlariga elektron navbat olish;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish;
  • sudlanganligi mavjud emasligi (mavjudligi) toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish uchun elektron ariza berish.

 

Saytda koʻp beriladigan savollarga javoblar, sohani tartibga soluvchi normativ hujjatlarni topish mumkin.

 

Virtual qabulхona orqali qiziqtirayotgan savollar yuzasidan bevosita migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish хizmatining hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish hamda mavjud shikoyat va takliflarni qoldirish mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_