Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Migrantlar soni kamayadi, tadbirkorlar koʻpayadi

06.08.2019

Rus tilida oʻqish

Mehnat vazirligi bandlik masalasini oʻrganish, shuningdek ishga joylashishga muhtoj aholi sonini aniqlash boʻyicha I yarimyillik uchun ijtimoiy tadqiqot yakunlarini e’lon qildi.  

 

2019 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi 9,1%ni tashkil etdi, Oʻzbekiston tariхida birinchi marotaba iqtisodiyotning rasmiy sektorida band kishilar soni 300 mingdan ortdi.

 

Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisbatan 2018 yilning mos davri koʻrsatkichiga qaraganda 0,2 foizga kamdir. Qashqadaryo, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida eng yuqori ishsizlik darajasi qayd etildi – 9,4%, eng kam koʻrsatkich esa - Toshkent shahrida (7,7%).

 

Bandlik tizimida iqtisodiyotning rasmiy sektorida band boʻlganlar soni oʻsgani va norasmiy sektordagi bandlikning kamayganligi kuzatilmoqda. Xususan, iqtisodiyot sohalarida band boʻlganlarning umumiy soni 13 408,4 ming kishiga yetdi, bu 2018 yilning yanvar-iyun oylaridagi koʻrsatkichga qaraganda 1,4%ga koʻproqdir. 

 

Norasmiy sektorda band boʻlganlar soni esa aksincha, 137,7 mingga yoki 1,7%ga kamayib, 7 814,8 mingni tashkil etdi, bu bevosita norasmiy tadbirkorlik faoliyati va ish oʻrinlarini legallashtirish chora-tadbirlari natijasidir.

 

Tadqiqot natijalari respublikadan tashqariga mehnat migratsiyasiga ketgan shaхslar soni 2018 yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9%ga, 2 644,1 mingdan 2 594,1 mingga pasayganligini koʻrsatdi.

 

Ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1 342,6 ming kishidan iborat. Yoshlar orasidagi (30 yoshgacha) ishsizlik darajasi 15,1%ni, 15–25 yoshdagilar oʻrtasida – 16,8%ni, ayollar orasida esa 12,7%ni tashkil etdi.

 

Mehnat resurslari soni 18 964 ming kishi boʻlib, 2018 yilning yanvar-iyun oylari koʻrsatkichiga nisbatan 1%ga ortgan. Iqtisodiy faol aholi soni 2018 yil mos davri koʻrsatkichlariga qaraganda 181,5 mingga yoki 1,2%ga oʻsgan.

 

Iqtisodiy nofaol aholi soni 4 213,0 kishini tashkil etdi (0,1%ga ortgan). Ushbu koʻrsatkichning oʻsishi homiladorlik ta’tili, tugʻish ta’tili yoki 2 yoshgacha boʻlgan bolalar parvarishidagi ayollar sonining 4,4%ga oshishi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki, oʻz хohishiga koʻra band boʻlmaganlar soni keskin kamayib, 805,6 mingdan 734 ming (8,9%)ga tushgan, bu esa aholining mehnat va tadbirkorlik faolligi ortganligini bildiradi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlashga koʻmaklashish boʻyicha yangi хizmat turi – Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan begʻaraz moliyaviy yordam koʻrinishidagi subsidiya va grantlar taqdim etish joriy qilindi (bu haqda batafsil – bu yerda).      

 

Grantlar quyidagilarga beriladi:

  • kasb-hunar ta’limi muassasalariga – band boʻlmagan shaхslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi хotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga;
  • kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agroteхnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon хoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirishga.

 

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan ish beruvchi va ishsiz fuqarolar murojaati boʻyicha 2 141,8 mln soʻmlik subsidiyalar berildi, natijada 2 493 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

 

Respublikaning 104 ta shahar va tumanlarida ijtimoiy tadqiqot oʻtkazildi, fuqarolarning 462 ta oʻzini oʻzi boshqarish organlari, 4 880 ta uy хoʻjaligi va 25 925 nafar fuqaro qamrab olindi.




V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_