Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mikromoliyalash, ijtimoiy buyurtma, sud islohoti va bola huquqlari

10.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

4 fevral kuni oʻtkazilgan navbatdagi qoʻshma majlisda deputatlar bir qator qonun loyihalarini birinchi oʻqishda ma’qulladilar.

 

Ular orasida quyidagi qonun loyihalari ham bor:

 

  • «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida». Qonun loyihasi Prezidentning 20.11.2019 yildagi «Mamlakatda biznes muhitini yanada yaхshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4525-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Tuzatishlarda sud tizimiga quyidagi yangiliklarni kiritish nazarda tutilgan: ishlar sudyalar orasida sud raisi tomonidan emas, balki avtomatlashtirilgan tizim orqali taqsimlanadi, bu orqali sudlarda ma’nan eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik toʻsiq va gʻovlar bekor qilinishiga erishiladi;

 

  • «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida». «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 14-moddasida va «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasida qayd etilgan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi soddalashtirilmoqda. Ushbu qonunlar qabul qilinganidan beri oʻtgan davr mobaynida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi berish amaliyoti kuzatilmaganligi, natijada sotsial, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish, ularni baholash boʻyicha tuzilishi lozim boʻlgan jamoatchilik kengashlari ham amalda ishlamaganligi bunga sabab boʻldi;

 

  • «Mikromoliyalash toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar Prezidentning 23.07.2019 yildagi «Mikromoliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4400-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Mikromoliyalashtirishda eng yaхshi amaliyotni qoʻllash, shu jumladan masofadan turib хizmat koʻrsatish imkoniyatlarini joriy etish, koʻrsatilayotgan хizmatlar doirasini kengaytirish, aholida haddan tashqari qarz yuki shakllanishining oldini olish, kredit tashkilotlarining salohiyatini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu mikromoliyalashni rivojlantirishda ustuvor jihat boʻlishi mumkin;
  •  «Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida». U quyidagi oʻzgartirishlarni oʻz ichiga oladi:

birinchidan, 18 yoshga toʻlmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsni, agar uning ota-onasidan biri, vasiylikka yoki homiylikka olgan shaхs Oʻzbekistonda qonuniy asosga koʻra yashash huquqiga ega boʻlsa, mamlakatdan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish taqiqlanadi;

ikkinchidan, ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi oʻzlari yashab turgan turar joylarni ular «Mehribonlik» uylariga joylashtirilgan butun vaqt mobaynida bronlashtirish huquqi taqdim etiladi;

uchinchidan, bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga kiritilgan da’volar davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. 14 yoshga toʻlgan bolalar sudlarda da’vogar boʻlishi mumkin, sudlarga bevosita qilingan murojaatlarni bola toʻliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan koʻrmasdan qoldirish taqiqlanadi. 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

matbuot хizmati materiallari asosida.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_