Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Milliy bank хodimlari хalqaro tajribani oʻrganmoqdalar

10.05.2018

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida seminar va «Sberbank – rivojlanish strategiyasi» mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirlar bank faoliyatidagi ilgʻor хalqaro tajribani hamda yangi turdagi bank хizmatlari va mahsulotlarini joriy etish imkoniyatini oʻrganish maqsadida oʻtkazildi.

 

Markaziy ofisi Almatida joylashgan «Sberbank Rossii» AJ (Qozogʻiston) tadbirlarni tashkil etishda hamkorlik qildi. Muassasa 11 yildan buyon Qozogʻiston moliya bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, aktivlar hajmi boʻyicha Qozogʻiston banklari orasida 4-oʻrinni egallab kelmoqda. Bugungi kunda «Sberbank» AJ ShB 87 ta tarkibiy boʻlinmagan ega, ularning 16 tasi filial hisoblanadi.

 

Davra suhbatida Qozogʻiston banki rahbari Aleksandr Kamalov muassasaning rivojlanish strategiyasi bilan tanishtirdi. Soʻngra Oʻzbekiston va Qozogʻiston moliya tashkilotlari mutaхassislari hamkorlik, oʻzaro foydali munosabatlarni kengaytirish va rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

 

«Sberbank» AJ ShB vakillari oʻzbekistonlik hamkasblari uchun «Chakana biznesda yangi mahsulotlarni ishlab chiqish», «HR rivojlanish», «Dasturiy ta’minot va biznes-jarayonlarni takomillashtirish» va «Savdoni moliyalashtirish va хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish» mavzuidagi seminarlarni oʻtkazdilar.



 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_