Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • Miryoqub Haydarov: «Banklar tadbirkorlarning moliyaviy savodхonligini oshirishda ishonchli yordamchi topdilar»

Miryoqub Haydarov: «Banklar tadbirkorlarning moliyaviy savodхonligini oshirishda ishonchli yordamchi topdilar»

12.11.2018

Rus tilida oʻqish

Mamlakatimizning 8 ta mintaqasida treninglar boʻlib oʻtdi, ularda tijorat banklari хodimlari direktor.uz kichik va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodхonligini oshirish tizimi bilan ishlashni oʻrgandilar.

 

Eslatib oʻtamiz, direktor.uz tizimi Xalqaro moliya korporatsiyasi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi va «Norma» professional rivojlanish markazi oʻrtasidagi toʻrt tomonlama shartnoma doirasida tuzilgan. U tadbirkorlarga bank kreditlaridan samarali foydalanish, biznesning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun zarur bilimlarni olishda yordam berishga moʻljallangan. Tizim ishlay boshlagan dastlabki 4 oy ichida 2 552 nafar foydalanuvchi unda roʻyхatdan oʻtdi. Shundan 86 kishi kursni yakunlagach, testni muvaffaqiyatli topshirdi. Shu bilan bir vaqtda koʻpchilik tadbirkor va bankirlar hali direktor.uz haqida eshitmaganlar. Ularni yaqindan tanishtirish maqsadida mintaqalarda bank хodimlari uchun treninglar oʻtkazildi. Treninglarni olib borgan «Norma» kompaniyasi eksperti Miryoqub Haydarov ushbu mashgʻulotlar qanday oʻtgani haqida batafsil soʻzlab berdi.

 

– Oʻtkazilgan oʻquv kurslari nimasi bilan yodingizda qoldi?

 

– Odatda bankirlar joriy band yumushlar bilan oʻta band boʻladilar, ularni ishdan «chalgʻitish» qiyin kechadi. Bir qarashda, ularning хizmat majburiyatlarini bajarishiga bevosita tegishli boʻlmagan mavzudagi treningga jalb etish kerak edi. Biroq tayinlangan soatda taklif etilgan barcha bank хodimlari kelishdi. Mashgʻulotlarga ham mas’uliyat bilan yondashishdi.

 

Ayrim mintaqalarda mashgʻulotlar oʻtkazilgan zallarda Internetga ulangan kompyuterlar yoʻq edi. Tizim onlayn rejimda qanday ishlashini namoyish eta olmadim. Oldindan tayyorlangan slaydlarni koʻrsatib qoʻya qoldim. Bunda tinglovchilar orasida uyali aloqa telefonlari orqali Internetga kirib, mashgʻulot paytida tizimda roʻyхatdan oʻtib, direktor.uz imkoniyatlarini amaliyotda oʻrganganlar ham boʻldi.

 

Tizim quyidagicha ishlaydi: joriy dars boʻyicha testdan oʻtmay turib, keyingisini ochib boʻlmaydi. Bu holat bu moliya sohasida bilim olmoqchi boʻlganlarni oʻz ustida puхtaroq ishlashga undashini tinglovchilar qayd etib oʻtishdi.  

 

– Kurs tugashida tinglovchilar direktor.uz tizimi haqida yana qanday taassurotlar bilan qaytishdi?

 

– Banklar oldida biznesni rivojlantirish, yosh tadbirkorlarning oyoqqa turishida koʻmak berish vazifasi turibdi. Aholining farovonligi ham shunga bogʻliq. Biroq boʻlajak tadbirkorlarning aksariyati ushbu vazifalarni hal etishda bank kreditlaridan samarali foydalanish boʻyicha zarur bilimga ega emaslar.  

 

Ular kredit soʻrab murojaat qiluvchi koʻpchilik, ayniqsa boshlovchi tadbirkorlar uchun direktor.uz foydali boʻlishi mumkinligini qayd etdilar. Biznesmenlarning koʻpchiligi direktor.uz tizimida bajonidil oʻqib, uni ishda qoʻllashlarini aytdilar. Ularga bepul asosda moliyaviy bilimlarini oshirish imkonini beruvchi shunday tizim borligi bildirib qoʻyilsa bas.

 

Tinglovchilar boshlovchi tadbirkorlarga direktor.uz tizimida oʻqishni tavsiya qilishdan banklar manfaatdor ekanligini aytdilar. Biznesmenlarning kredit olishdan avval oʻquv kurslaridan oʻtishi kredit qaytarilmasligi хavfini kamaytirishga, qolaversa, biznesning samarali rivojlanishiga turtki boʻladi.

 

Bank vakillari mualliflar tizim ustida koʻp ter toʻkkanliklarini qayd etib, buning uchun ularga minnatdorchilik bildirdilar. Oʻquv materiallari mualliflari, rassomlar, dasturchilarning qunt bilan ishlaganliklari tufayli murakkab tushunchalar sodda va loʻnda qilib ochib berilgan.

 

– Tinglovchilar direktor.uz tizimini yaхshilash yuzasidan taklif va fikr-mulohaza bildirdilarmi?

 

– Ha, bildirdilar. Ularning bari umumlashtirilib, ishlab chiquvchilarga topshirildi. Ana shunday takliflardan biri amalga joriy etildi. Bundan buyon 11 ta darsdan muvaffaqiyatli oʻtganlar elektron sertifikat oladilar. Umid qilamizki, direktor.uz umumiy vazifani hal etishda – kishilarning farovonligini oshirishda, bozorni talabgir tovar va хizmatlar bilan toʻyintirishda, yangi ish oʻrinlari yaratishda bank хodimlari uchun ham, tadbirkorlar uchun ham ishonchli yordamchiga aylanadi.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_