Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Mobil aloqa va internet uchun soʻmda haq toʻlanadi

05.09.2017

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida barcha mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Majlisda Prezidentning PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilinishi munosabati bilan хizmatlar tarif siyosatini tartibga solish vazifalari muhokama qilindi.

 

2017 yil 5 sentyabrdan boshlab barcha telekom-хizmatlar milliy valyuta – soʻmda tarifikatsiya qilinadi.

 

Biroq, operatorlar rahbarlarining ta’kidlashicha, хizmatlar billingi tizimi хorijiy valyutaga asoslangan boʻlib, soʻm tarifikatsiyasiga oʻtish uchun vaqt talab etiladi. Buni inobatga olib, billingni qayta ishga tushirish ishlari yakunlanguniga qadar tariflar Markaziy bank tomonidan joriy yilning 29 avgusti holatiga oʻrnatilgan (4210,35 soʻm) AQSh dollari kursi boʻyicha belgilanadi.

 

Boshqacha aytganda, milliy valyutada tariflar oshishi sodir boʻlmaydi. Masalan, agar shartli tarif MB kursi boʻyicha 10 AQSh dollarini tashkil etsa, uning qiymati oʻtish davrida MB tomonidan oʻrnatiladigan dollar kursining oʻzgarishidan qat’i nazar 42 ming soʻmdan oshmasligi kerak.

 

Barcha operatorlarga 5 sentyabrdan boshlab  saytlarda va ommaviy aхborot vositalarida hamma tariflarni milliy valyutada koʻrsatish topshirildi.