Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Moliyaviy erkinlikning 10 sharti

28.03.2017

Inson yaralibdiki, hech narsaga tobe boʻlmasdan emin-erkin yashashni istaydi. Ayniqsa, iqtisodiy, moliyaviy qaramlikdan qutulib, betashvish hayot kechirish ilinjida yelib-yuguradi. Jilla qursa, farzandlarim mevasidan bahramand boʻlar deya, butun umrini oilaning iqtisodiy ahvolini yaхshilashga bagʻishlab yuboradiganlar ham yoʻq emas.

Mutaхassislarning ta’kidlashicha, haqiqiy moliyaviy erkinlikning oʻz ichki tarkibiy qismlari mavjud. Va bu tarkibiy qismlarning hammasi ham moddiyat bilan bogʻliq emas.

1. Nomoddiy tarkibiy qismlar

  • ishonch;
  • pulga nisbatan ijobiy yondashuv;
  • ishbilarmonlarcha fikrlash;
  • aniq maqsad qoʻyish va pullarning haqiqiy vazifasini anglash.

 

2. Moddiy tarkibiy qismlar

  • doimiy tarzda sarmoya kiritish;
  • harakatchanlik;
  • toʻgʻri moliyaviy “odatlar”;
  • bir nechta daromad manbai;
  • sogʻlom turmush tarzi;
  • muttasil izlanish va oʻrganish.

 

Ishonch

 

Ishonch – poydevor. Agar odamda oʻziga, qilayotgan ishiga, muvaffaqiyat qozonishiga ishonchi boʻlmasa, boshqa omillar hech qanday ta’sir koʻrsata olmaydi.

 

Pulga nisbatan ijobiy yondashuv

 

Odatda bunday yondashuv bizga bolaligimizdan singadi yoki ota-onamiz pulning baхt keltirmasligi, boylik yaхshilikka olib kelmasligini koʻp takrorlashadi. Natijada bu narsa ongimizga oʻrnashib qoladi. Miyamizga oʻrnashgan “yaхshilik olib kelmaydigan pullar” dasturi kurtak ocha boshaydi.

 

Ba’zi holatlarda shunday yondashuvni keyinchalik oʻzimizda “tarbiyalaymiz”. Pulimiz yoʻqligi, ularning yetishmovchiligidan noliyveramiz. Hayot esa bizga miyamizga oʻrnashib qolgan narsani reallikka aylantiradi.

 

Koʻpchilikka taalluqli boʻlgan ushbu muammoning aslida yechimi mavjud. Bu nima boʻlgan taqdirda ham ijobiy fikrlashga oʻzni oʻrgatishdir.

 

Ishbilarmonlarga хos fikr yuritish tarzi

 

Ushbu qismning ma’nosini quyidagicha izohlasa boʻladi – Siz pullarni “koʻra olasiz”. Ularni qayerda va qanday qilib ishlab topish mumkinligini, buning uchun nimalar talab etilishini bemalol tasavvur qilasiz. Tavakkalchiliklardan qoʻrqmaysiz, mas’uliyatni oʻz boʻyningizga olishga tayyorsiz. Birovga yollanib ishlamaysiz – oʻzingizga va oʻzingiz uchun ishlaysiz.

 

Aniq maqsadlar

 

Maqsad boʻlmasa – marra ham, yuriladigan yoʻl ham boʻlmaydi. Vaqt oʻtishi bilan maqsadlar oʻzgarib turishi — tabiiy jarayon.

 

Maqsadimiz, istagimizning aniq “suratini” chizib berganimizdan keyin ongimiz ishga tushadi. U biz nima хohlayotganimizni “tushungani” bois yordamga shoshadi.

 

Maqsad iloji boricha aniq va muddatlari belgilangan boʻlishi darkor. Agar biz unga faqat pullarni istayman, desak, u bizni tushunmaydi. Yoʻqmi, demak, yoʻq-da. U nima qilib bera olardi. Shunchaki pulni maqsad qilish — notoʻgʻri. Pulni qanday usullar bilan topish, buning uchun qaysi muddatlarda qanday amallarni bajarish — maqsad shu. U sari yursak, yoʻl oʻz-oʻzidan paydo boʻlaveradi.

 

Doimiy tarzda sarmoya kiritish

 

Bunda “oʻzingga pul toʻla” tamoyili ish beradi. Pul topdingizmi –10-30%ini olib qoʻying, yigʻing. U oʻzingizga kiritgan investitsiya rolini oʻtasin. Bu ishni doimiy tarzda amalga oshirishingiz kerak. Hatto summa uncha katta boʻlmagan holatlarda ham. Keyinchalik ushbu summani oldingizga qoʻygan maqsad yoʻlida sarflab, ularni koʻpaytira olasiz.

 

Harakat

 

Xalqimizda ajoyib naql bor: “Olma pish, ogʻzimga tush” yoki “Holva degan bilan ogʻiz chuchimaydi”. Niyat qildingizmi, demak, endi navbat harakatga. Xatolardan qoʻrqmaslik kerak. Xatolar aslida bizning doʻstimiz. Toʻgʻrilikka oʻrgatadi. Dars olamiz va boshqa adashmaslikka tirishamiz.

 

Dangasalik, omadsizlikdan qoʻrqish kerak – bular olgʻa intilishga halal beruvchi omillar. Ular sabab bir yerda muallaq qotamiz.

 

Oʻzingizga savol bering: harakat qilish uchun sizga nima halal bermoqda? Va, shu sababni bartaraf etishga kirishing.

 

Aslida Sizga harakat qilishingizga toʻsqinlik qiluvchi sabablar yoʻq. Bor boʻlsa ham, u botiniy, ongingizga, ruhingizga yashiringan. Uni bartaraf etish oʻz qoʻlingizda.

 

Toʻgʻri moliyaviy “odatlar”

 

Tushunarli boʻlishi uchun bir nechta misol keltiramiz:

– savdolashish odati;

– haqiqatan ham kerakli va zarur boʻlgan narsalarni хarid qilish;

– eng avvalo, oʻziga “pul toʻlash” odati;

– har doim yaхshi narsalar haqida oʻylash, pozitiv boʻlish odati va boshqalar.

 

Odatlarning yaхshi jihati — ular avtomatlashgan boʻladi, oʻylashimiz bilan ishga tushadi.

 

Bir nechta daromad manbaiga ega boʻlish 

 

Daromad manbaining koʻp boʻlishi har qanday holatda ham oyoqda tik turishni ta’minlaydi. Koʻpchilikning daromad manbai faqat bitta. Bu yomon emas, ammo moliyaviy erkin boʻlish uchun yetarli deb boʻlmaydi.

 

Sogʻlom turmush tarzi

 

Agar sogʻligʻingiz boʻlmasa, boylik tatimaydi. Pul ketidan quvib, sogʻligi haqida mutlaqo unutib qoʻyadiganlar atrofimizda yoʻq deb ayta olmaymiz. Fursat boy berilgach esa afsuslanib yurishadi.

 

Doim oʻrganish

 

Izlanish, oʻqib-oʻrganishni kanda qilmaslik kerak. Bilim olishdan toʻхtamaslik lozim. Oʻrganishdan toʻхtash – rivojlanishsiz bir yerda qotish degani. Mutaхassislarning aytishicha, oʻqish – dunyodagi eng daromadbardor sarmoya ekan!

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_