Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik korхonalari soliq imtiyozlarini qanday olishi mumkin Moʻgʻulistondan qoʻy va echki import qiluvchilar qanday imtiyozlarga ega boʻladi MHXS (IAS) 16 va 5-son BHMS boʻyicha asosiy vositalarni hisobga olishning solishtirma jadvali MHXS (IAS) 16 va 5-son BHMS boʻyicha asosiy vositalarni hisobga olishning solishtirma jadvali

MUIC oʻz rezidentlarining loyihalarini davlat organlariga taqdim etadi

28.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Mirzo Ulugbek Innovation Center aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasiga davlat-хususiy sheriklikni joriy etish bilan shugʻullanadi, deya хabar beriladi markaz saytida.

 

Xususan, davlat boshqaruvi tizimida qoʻllashga mos tayyor loyihalari boʻlgan rezidentlarga koʻmak beriladi. Qiziqarli va samarali gʻoyalarga ega boʻlgan mahalliy IT-kompaniyalar har doim ham oʻzlarini namoyon etib, davlat organlarining e’tiborini oʻz ishlanmalariga jalb qila olmaydilar. Shu sababli MUIC AKT sohasi vakillari (markaz rezidentlari timsolida) va hokimiyat oʻrtasida muloqotni ta’minlash vazifasini zimmasiga oladi.

 

Davlat organlari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan rezidentlar yuqori turuvchi hokimiyat organlari hamda vakolatli idoralar vakillari ishtirokida kelgusida muhokama qilinishi uchun oʻz takliflarini 30 sentyabrgacha MUIC direksiyasiga taqdim etishlari lozim. Buning natijasida MUIC rezidentiga FHSh formatida loyihani amalga oshirish uchun eksklyuziv huquqlar taqdim etilishi mumkin.

 

Loyiha mazmuni, qoʻllash sohalari va alohida afzalliklari bayon etilgan taqdimotlar quyidagi ye-mail orqali qabul qilinadi: s.saidkhodjaeva@muic.uz.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_