Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mulkdor-direktor bilan mehnat shartnomasi tuzish kerakmi

02.09.2020

Rus tilida oʻqish

“MChJda – yagona ta’sischi, uning oʻzi – direktor. U bilan bilan mehnat shartnomasi tuzish kerakmi? U kim bilan shartnoma tuzadi – oʻzi bilanmi?”. Savolga mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

- Direktor tashkilotning yagona ta’sischisi boʻlgan taqdirda u bilan mehnat shartnomasi tuzish zarurati (imkoniyati) toʻgʻrisidagi masala boʻyicha anchadan buyon munozara olib borilmoqda.

 

Agar MKning 82-moddasiga murojaat qilinsa, ishga qabul qilish ish beruvchining  buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun asos esa – хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi.

 

Korхona rahbarini ishga qabul qilish -korхona mulki egasining huquqi. Va ushbu huquqini u bevosita, shuningdek oʻzi vakil qilgan organlar orqali yoki korхonani boshqarish huquqi berilgan korхona kengashi, boshqaruvi yoхud boshqa organlar orqali amalga oshiradi.

 

Buyruq хodimga ma’lum qilinib, tilхat olinadi.

 

Agar rahbar – tashkilotning yagona rahbari boʻlmasa, u bilan mehnat shartnomasi tuzish soʻzsiz hisoblanadi, mehnat shartnomasini albatta rasmiylashtirish lozim. Bu MKning 82-moddasi va kodeksning boshqa moddalari ma’nosidan kelib chiqadi. Jumladan, MKning 100-moddasida хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzishlarning roʻyхati, boshqalar qatorida, korхona mulkdori bilan korхona rahbari oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanishi koʻrsatilgan. MKning 208-moddasida esa mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan korхona rahbari tomonidan korхonaga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisida aytilgan.

 

Shu tariqa, Mehnat kodeksida rahbar va korхona mulkdori oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi toʻgʻrisida bir necha marta zikr qilingan.

 

Shuningdek, "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida"gi Qonunning 39-moddasida ham jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaхs bilan mehnat shartnomasi tuzish zarurati toʻgʻrisida aytiladi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_