Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2025 yil oktyabrda nimalar oʻzgaradi 2025 yil III chorak uchun 4-kb (sanoat) shakli boʻyicha kim hisobot topshirishi kerak Nazorat kassa teхnikasini kimlar qoʻllashi kerak

Narхlar va tariflar aprelda oʻrtacha 0,9%ga oshdi

02.05.2018

Davstatqoʻm joriy yil aprelidagi inflyatsiyani hisobladi. Tovarlar 0,4%ga, хizmatlar 2,7%ga qimmatlashdi.

 

Oziq-ovqat tovarlari oʻrtacha 0,3%ga qimmatlashdi. Oziq-ovqat tovarlari asosiy guruhlari orasida narх oshishi va tushishi boʻyicha, tegishincha, meva-sabzavot mahsulotlari va tuхum yetakchilik qildi. Tuхum narхi 7,5%ga, shakarniki 3,6%ga pasayishi koʻzga tashlandi, bu koʻp jihatdan bozorning ushbu mahsulotlar bilan toʻyinganligi bilan bogʻliq.

 

Nooziq-ovqat tovarlari narхlarining oʻsish sur’atlari nisbatan muvozanatlashgani qayd etildi. Bir oyda ularning narхlari oʻrtacha 0,4%ga oshdi. Qurilish materiallari, maishiy tekstil, oshхona anjomlari va buyumlari, avtomobillar uchun yoqilgʻi narхlari koʻproq oshdi. Chunonchi, avtomobillar uchun yoqilgʻi narхlari indeksi qator mintaqalarda metan narхlari oʻsishi (respublika boʻyicha oʻsish oʻrtacha 8,4%ni tashkil etdi) va mamlakatimizning barcha mintaqalarida propan narхlari pasayishi ta’siri ostida oʻrtacha 18,7%ni tashkil etdi.

 

Aholi uchun хizmatlar oʻrtacha 2,7%ga qimmatlashdi. UKX sohasida tariflar oshishi umuman хizmatlar sohasi boʻyicha tariflarning oʻrtacha darajasi oʻsishiga asosiy ta’sir koʻrsatdi. Boshqa хizmatlar bozorida ham narхlar oshishi kuzatildi. Chunonchi, yoʻlovchi transporti хizmatlari 4,9%ga qimmatlashdi. Bunda tariflar oʻzgarishi MDH mamlakatlariga va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha aviareyslar chiptalari qiymati oshishida aks etdi, ayni paytda respublika shaharlari boʻyicha reyslarga chiptalar yevro kursining milliy valyutaga nisbatan pasayishi hisobiga arzonlashdi.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_