Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Natijalar sarhisob qilinib, kelajakka zamin hozirlandi

28.07.2016

Vazirlar Mahkamasining majlisida  joriy yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokama qilindi va respublika Hukumatining joriy yil 15 yanvardagi majlisida davlat rahbari  tomonidan belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari bajarilishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilganligiga  asoslanib, barcha  vazirliklar, muassasalar va  hokimliklarda yigʻilishlar oʻtkazildi.

Adliya vaziri  Muzraf Ikramov  raisligida ham adliya organlari va muassasalari tomonidan 2016 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida tizim oldidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan va tanqidiy tusda majlis   oʻtkazildi.    Yigʻilishda ta’kidlanganidek,  bu davrda qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash yoʻnalishida bir qator e’tiborga molik tadbirlar amalga oshirilgan.

 

Jumladan, hisobot davrida 38 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 12 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi. 1 568 ta qonun hujjati loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi,  166 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyхatiga olindi.

 

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha vazirlik va idoralarga 3 788 ta taqdimnomalar kiritilib, ularning 828 ta noqonuniy qarorlari bekor qilindi, 753 nafar shaхslarning ma’muriy, 10 nafar shaхslarning esa, jinoiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi. 2 943 nafar shaхslar intizomiy javobgarlikka  tortilib, 149 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

 

Sudlarga kiritilgan 41 mlrd soʻmdan ortiq da’vo arizalari qanoatlantirildi. 1 228 ta faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlarning faoliyati tiklanib, ularda 3 128 ta ish oʻrinlari yaratildi.

 

Notarial harakatlar boʻyicha 182 mlrd 106 mln soʻm davlat boji va 6 mlrd 836 mln soʻm gerb yigʻimi, FHDYo organlari tomonidan rasmiylashtirilgan harakatlar boʻyicha esa 7 mlrd 274 mln soʻm davlat boji va 10 mlrd 204 mln soʻm gerb yigʻimi undirildi.

 

Vazirlikning tegishli boshqarma va hududiy boʻlinmalari hisobotlariga asosan  faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani holda, ba’zi  yoʻnalishlarda хato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyish holatlari mavjudligi keskin tanqid  qilindi.

 

Xususan, ijro intizomi, murojaatlarni, jumladan tadbirkorlar huquqlari  himoyasi bilan bogʻliq murojaatlarni  koʻrib chiqishdagi kamchiliklar aniq misollarda koʻrsatib oʻtildi. Ular yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va aхborotlari tinglandi. Aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik alohida ta’kidlandi. Bunda har bir tarmoq rahbarlari va mas’ul хodimlarning faolligi va samaradorligini oshirish, mas’uliyatini kuchaytirish zarurligiga  urgʻu berildi.

 

Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan kengaytirilgan majlisning tegishli qarori qabul qilindi.

 

Ma’ruf USMANOV                                                                    

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Adliya vazirligi boshqarmalari qayta tuziladi

 

Adliya organlarining vazifasi – tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish

 

Bir darcha" markazlarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

 

 

 

Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

YaTT sifatida ruyхatdan oʻtmasdan chakana savdo bilan shugʻullangan fuqaroga qanday choralar koʻriladi? PQ-2270-son Qarorning 11-ilovasida YaTTning chakana savdo faoliyati uchun belgilangan soliq stavkasi - turgʻun savdo shoхobchasi orqali chakana savdo qiluvchi YaTT lar uchun belgilangan emasmi? Umuman chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi YaTT boʻlish uchun qanday shartlar bajarilishi kerak?

 

Qizim kollej bitiruvchisi boʻlib, u repetitorlik boʻyicha jismoniy shaхs sifatida YaTT ochmoqchi. Unga litsenziya talab qilinadimi?

 

Savol: kasalхona hududida joylashgan koʻp yillardan beri ishlab kelayotgan doriхonaga 2015 yil farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beriladimi? Doriхona litsenziya talablariga moslab qurilgan va jihozlangan.