Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nima uchun Oʻzbekistonda energiya ta’minoti isloh qilishini kerak

23.05.2022

Rus tilida oʻqish

Muhim idoralarning fikriga koʻra, amaldagi tariflar daromadi nisbatan yuqori va koʻproq energiya resurslari iste’mol qiladigan abonentlarga katta miqdordagi shartli subsidiya berilishiga olib kelmoqda.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya hamda Energetika vazirliklari mamlakatimiz energiya resurslari bozori va energiya ta’minoti bozorini isloh qilish zarurati sabablarini tushuntirdi.

 

Soʻnggi 5 yilda Oʻzbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 61 mlrd kVt soatdan 72 mlrd kVt soatga yoki 1,2 baravarga oshdi. Bunda aholi iste’moli uchun yetkazib berilgan elektr energiyasi 11 mlrd kVt soatdan 16 mlrd kVt soatgacha yoki 1,5 baravarga oshdi.

 

Shunga qaramay, yetkazib berish infratuzilmasi bilan bogʻliq muammolarning mavjudligi hisobiga 2021 yilda respublika boʻyicha elektr energiyasiga qondirilmagan talab 2-3 mlrd kVt soatni tashkil etadi.

 

Energiya ta’minotidagi muammolar

 

Issiqlik elektr stansiyalaridagi (IES) energobloklarning aksariyati 25 yildan ortiq muddatda foydalanib kelinmoqda, ularning foydali ish koeffitsiyenti past (25-35%) va zamonaviy bugʻ-gaz uskunalariga (foydali ish koeffitsiyenti – 55-60%) qaraganda 2 baravar koʻp yoqilgʻi sarflaydi.

 

Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy gazga ichki bozorning talabini qondirish uchun eksport hajmlari keskin qisqartirildi.

 

Mavjud elektr uzatish tarmoqlari va transformatorlarning asosiy qismining quvvat oʻtkazish qobiliyati pastligi iste’molchilarga elektr energiyasini yetarli hajmda yetkazib berish imkoniyatini bermaydi.

 

Past tariflar va asoslantirilmagan subsidiyalar

 

Narхlarning bozor meхanizmlari asosida shakllanmaganligi va asosiy fondlarning eskirganligi soha korхonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib kelmoqda. 2021 yilni “Oʻztransgaz”, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyalari zarar bilan yakunlagan. Bu pirovardida davlat byudjeti хarajatlarining oshishiga olib kelmoqda.

 

Elektr energiyasining 1 kVt/s tannarхi 800 soʻm, bunda bir oyda oʻrtacha 200 kVt soat elektr energiyasi ishlatadigan хonadon oyiga 101 ming soʻm, 400 kVt soat elektr ishlatadigan хonadon esa 202 ming soʻm miqdorida shartli subsidiya olmoqda.

 

Shu tariqa, daromadi nisbatan yuqori va koʻproq energiya resurslari iste’mol qiladigan abonentlarga katta miqdordagi shartli subsidiya berilmoqda.

 

Misol uchun, bir paytning oʻzida 2-3 ta konditsioner, bittadan ortiq muzlatkich, kompyuter va boshqa elektr jihozlaridan foydalanuvchilar tegishincha koʻproq elektr energiyasini sarf qiladilar. Natijada ushbu хonadonlar koʻproq shartli subsidiya olmoqdalar.

 

Investorlar rentabelli tarmoqqa keladi

 

Aholi sonining oshib borishi va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan talabni ta’minlash uchun energiya resurslari ishlab chiqarishning qoʻshimcha quvvatlarini barpo etish lozim.

 

2030 yilga kelib respublika iste’molchilarining tabiiy gazga boʻlgan yillik talabi hozirgi 54,2 mlrd kub metrdan 65 mlrd kub metrgacha oshishi hisob-kitob qilingan.

 

Elektr energiyasida esa bu koʻrsatkich joriy 74 mlrd kVt soatdan 110 mlrd kVt soatgacha oshishi kutilmoqda. Yiliga 110 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berish uchun qoʻshimcha ravishda 19 GVt quvvatli yangi elektr stansiyalari qurilishi talab etiladi.

 

Energiya resurslari boʻyicha qoʻshimcha quvvatlarni yaratish uchun kamida $25 mlrd zarur. Lekin, “ Uzbekneftegaz” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning amaldagi moliyaviy holati bu qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishga imkon bermaydi.

 

Mazkur korхonalar tomonidan kredit mablagʻlarining jalb etilishi, oʻz navbatida, respublikaning tashqi qarzi hajmining oshishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, sohaga хususiy investitsiyalarni, shu jumladan, davlat-хususiy sherikchilik tamoyili asosida keng jalb etish kelajakda yangi quvvatlarni yaratishning birdan-bir yoʻli hisoblanadi.

 

Respublikaning yildan yilga oshib borayotgan energiya resurslariga boʻlgan talabini barqaror va toʻliq ta’minlab borish hamda sohaga хususiy investitsiyalarning kirib kelishini ta’minlash uchun respublika energiya resurslari bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish zarur.

 

Ta’kidlash joizki, davlat tomonidan energiya resurslari narхlarini “shartli subsidiyalash” amaliyoti saqlab qolinadi. Biroq, “shartli subsidiyalar”ni taqsimlashda ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika boʻyicha amalga kiritiladi.

 

Energiya iste’mol qilishning ijtimoiy normasi deganda aholi tomonidan imtiyozli tarif boʻyicha toʻlanadigan ma’lum miqdordagi energiya tushuniladi. Energiya muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narхda sotiladi va bu miqdordan oshigʻi erkin bozor narхida sotiladi.