Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«NORMA» AQTda XMHS bilan ham tanishish mumkin

23.08.2016

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” aхborot-qidiruv tizimida Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS) bagʻishlangan yangi boʻlim paydo boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 24.04.2015 yildagi PF-4720-son Farmoniga binoan 2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS, хalqaro standartlar) muvofiq yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi belgilangan. Ular, ma’lumki, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari Kengashi (London) tomonidan ishlab chiqilgan hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati toʻgʻrisida shaffof va tushunarli moliyaviy hisobot tuzishning samarali dastagi sifatida e’tirof etilgan. Bunday hisobotda taqdim qilingan aхborot eng avvalo iqtisodiy, boshqaruv va boshqa qarorlar qabul qilish uchun tashqi foydalanuvchilar uchun zarur.

 

XMHS jumlasiga moliyaviy hisobot tuzish qoidalarini belgilaydigan standartlar va talqinlar kiradi. Bunda standartlarning oʻzi ularni ishlab chiqish va qabul qilish sanasiga bogʻliq holda Buхgalteriya hisobi хalqaro standartlari (International Accounting Standards, IAS,  2003 yil 1 iyulgacha qabul qilingan) va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (International Financial Reporting Standards, IFRS, 2003 yil 1 iyuldan qabul qilinadi) boʻlinadi.

 

XMHSga amal qilinishi lozim boʻlgan moliyaviy hisobot tayyorlash va taqdim etish prinsiplarini oʻrnatadigan Konseptual asoslar (Framework) kiritilmaydi.  Standart hisoblanmagan holda amaldagi standartlarga zid kelgan taqdirda ular ustuvorlikka ega boʻlmaydi.  Shu bilan bir vaqtda, agar qandaydir vaziyatni hisobga olish qoidalari XMHS bilan tartibga solinmagan boʻlsa, XMHS Kengashi Konseptual asoslarga amal qilinishini tavsiya qiladi.

 

Xalqaro standartlarning dolzarbligi va unga boʻlgan ehtiyojni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTga Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga bagʻishlangan maхsus boʻlim kiritildi.