Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notarial harakatlar uchun qancha haq toʻlanadi

23.05.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 1 iyundan notariuslar faoliyatida SMS-хabar berish elektron tizimi joriy etiladi, deya хabar beriladi Adliya vazirligi saytida. 

 

SMS-хabarlar notarial harakatlarni amalga oshirish taomilining ajralmas qismiga aylanadi. Ular notariusga murojaat qilgan fuqarolarga yuboriladi.

 

Xabarlarda quyidagilar koʻrsatilgan boʻladi:

  • notarial harakatlar uchun toʻlovning aniq miqdori (bu murojaat qiluvchi хizmatdan foydalanganda amalga oshirishi kerak boʻlgan barcha toʻlovlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganiga ishonch hosil qilish imkonini beradi);
  • toʻrtta raqamli kod (uni notariusga aytish kerak boʻladi, u oʻz navbatida notarial harakatni yakunlash uchun Adliya vazirligidan ruхsat oladi).

 

SMS «Notarius» aхborot tizimi tomonidan generatsiya qilinadi.

 

Uyali telefoni yoʻq shaхslar хizmatdan qanday foydalanadilar? Fuqarolarning ushbu toifasi qarindoshi yoki tanishining apparatidan foydalanishi mumkin. Istisno tariqasida notarial idora хodimi telefonidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Idora хodimi qonunga zid talablarni qoʻygan taqdirda Adliya vazirligining 1008 «ishonch telefoni»ga qoʻngʻiroq qilish mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_