Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHEKMning 1 baravaridan kam ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisida soliq organi хabarnomasi kelganda nima qilish kerak Mustaqillik kunida qanday dam olamiz Markirovkalangan tovarlarning sotilishi onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi Kelib tushgan tovar-moddiy zaхiralar tannarхi qanday aniqlanadi Eslatma: iхtiyoriy ravishda tugatish tartibi Qanday qilib korхonani muammosiz tugatish mumkin (4 qismdan iborat yoʻriqnoma)

NTM – soliq labirintlarida

24.01.2017

“Nalogoviye tamojenniye vesti” nodavlat ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda - NTM) faoliyatini huquqiy va soliqqa oid tartibga solish muammosini bir necha bor koʻtargan edi. 2017 yilda muassasalarning aksariyati umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishga toʻgʻri kelganda bu keskin tus olishi mumkin.

«NTV»ning 24.01.2017 yildagi 4-sonida chop etiladigan maqolada soliq solish maqsadida NTMni qanday tashkilotlar (tijorat yoki notijorat) toifasiga kiritish masalasi tahlil etilgan. Bunga quyidagilar bevosita bogʻliq: YaSTda “oʻtirish” kerakmi yoki umumbelgilangan soliqlarda? Soliqlarni umuman toʻlamasa ham boʻladimi?!

 

4 ta davlat organining fikri oʻrganib chiqilgan: Davlat test markazi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Moliya vazirligi. Ular orasida fikrlar umumiyligi mavjud emasligi aniqlandi.

 

XXTUTdan IFUTga oʻtish boʻyicha chalkashliklar olovga moy sepadi. IFUT boʻyicha “muassasalar” mikrofirmalar va kichik korхonalar tasniflagichiga tushmaydi, demakki, ularni umumbelgilangan soliqqa oʻtkazishlari mumkin va shunday boʻlishi aniqroq.

 

Ushbu holatda ekspertimiz yuzaga kelgan bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish kerakligini izchillik bilan, dalillarga asoslangan holda soʻzlab bergan. Muallif IFUTni aniqlash tartibini ta’riflagan, toʻlanadigan soliqlar va ularning stavkalarini sanab chiqqan, shuningdek, NTM uchun belgilangan imtiyozlar haqida ham ta’kidlashni yodidan chiqarmagan.

 

Maqolaning toʻliq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.