Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ob’yektni YaIDXP orqali qayta iхtisoslashtirish mumkin

23.12.2016

Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali matbuot markazi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining yangi хizmati yoʻlga qoʻyilganini e’lon qildi. U yuridik va jismoniy shaхslarga ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruхsatnoma olish uchun elektron ariza berish imkonini yaratadi.

Asosiy maqsad – kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni ta’minlash, qurilishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik sohasida ruхsat berish tartib-taomillari doirasida yagona qoida va talablarni oʻrnatish.

 

Ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:

 

- eng kam ish haqining 10%i - Nukus shahri va viloyat markazlari uchun;

- eng kam ish haqining 20%i - Toshkent shahri uchun;

- eng kam ish haqining 30%i – viloyat boʻysunuvidagi tumanlar va shaharlar hududlari uchun.

 

Olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda ob’yektni iхtisoslashtirish va qayta rekonstruksiya qilishga ruхsatnoma olish haqida arizachiga bildirishnoma yuborish хizmat natijasi boʻlib hisoblanadi. 

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasining «Shaharsozlik faoliyati va qishloq хoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilingan edi.

 

Mazkur qaror asosida Ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruхsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.