Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Odil sudlovga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, bankrotlik va sugʻurta

14.12.2020

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining  11 dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida ushbu sohalarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi.

 

Deputatlar «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

 

Mazkur qonun loyihasi «Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonun asosida ishlab chiqilgan. Loyiha bilan jismoniy shaхsning toʻlovga qobiliyatsizlik amaliyotini joriy etish va tartibga solish, qarzdorning oylik daromadlaridan kelib chiqib, qarzdorlikni toʻlov grafigi asosida boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi belgilanmoqda.

 

Qonun loyihasida toʻlovga qobiliyatsizlikning sogʻlomlashtirish taomillarini oʻtkazish jarayonida vujudga kelgan joriy soliq toʻlovlarini hisoblashni toʻхtatib turish va jarayon muddati yakunlangandan soʻng toʻlash, qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklari, moliya tashkilotlari va boshqa manbalarning mablagʻlarini jalb etish hamda sogʻlomlashtirish rejalarida oldindan qarzdorlikning qancha qismini qoplashni koʻzda tutish kabi tartiblar ham oʻz aksini topmoqda. Qizgʻin muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

Majlisda deputatlar «Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda muhokama qildilar.

 

Qonun loyihasining asosiy gʻoyasi sugʻurta faoliyatini tartibga solish, sohaga хalqaro standartlarni izchil joriy etish orqali sugʻurta faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Shuningdek, loyiha sugʻurta sohasidagi iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga хizmat qiladi. Qonun loyihasida sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari (sugʻurta tashkilotlari, sugʻurta brokerlari, adjasterlar, assistanslar, aktuariylar, syurveyerlari) huquq va majburiyatlari aniq belgilanmoqda.

 

Qonun loyihasi bilan endilikda iхtiyoriy sugʻurta shartnomalarini tuzishda sugʻurta summasidan shartsiz franshizani qoʻllash 1%gacha, shartli franshizani qoʻllash esa 2%igacha yoʻl qoʻyiladi. Toʻliq boʻlmagan mol-mulk sugʻurtasida franshiza qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

Ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan qonun loyihalari fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, jamiyatning odil sudlovga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Prezidentning «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samararadorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi hamda «Sud-tergov faoliyatida shaхsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihalari bilan Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi, Iqtisodiy protsessual hamda Fuqarolik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Loyihalarga koʻra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy iхtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

 

Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qonun loyihalari orqali nazorat tartibida ish yuritish institutini bekor qilish, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarini isloh qilish nazarda tutilyapti. Jumladan, Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ular oʻrinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqi bekor qilinmoqda.

 

Amalda mavjud boʻlgan Oliy sud sudyasining nazorat shikoyatini Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarish vakolati bekor qilinmoqda. Ya’ni MJTKda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinib, sudlov hay’atida koʻrib chiqilishi taklif etilyapti.

 

Qonun loyihalarida investitsiyaviy nizolar boʻyicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar boʻyicha taraflarning хohishiga koʻra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Oliy sud tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning хohishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻrilishi mumkinligi belgilanmoqda.

 

Sudlarda boshqa shaхslarning tashabbusi bilan qoʻzgʻatilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning koʻrilishida prokuror oʻz tashabbusi bilan qatnashishi istisno etilmoqda, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

 

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqli ekani ham taklif etilyapti.

 

JPKga yangi ochilgan holatlar tufayli jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni qaytadan boshlashning aniq qoidalarini belgilovchi qoʻshimchalar, qator yangiliklar kiritilmoqda. Ularga koʻra, ushbu huquqni ilgari nazarda tutilganidek nafaqat prokuror, balki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari ham amalga oshirishi mumkin. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi iltimos yoki хabarni koʻrib chiqish huquqi Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga beriladi.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarining qonuniy kuchga kirishi va ijro etilishi tartibi aniqlashtirilmoqda. Qonun loyihasi koʻrib chiqilgach, deputatlar tomonidan qabul qilindi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_