Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan suv va ichimliklarni raqamli markirovkalash kodlarini EHFda aks ettirish muddatlari koʻchirildi (258-son VMQ) 255-sonli VMQ boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini qanday uzaytirish mumkin Reeksportni qanday hisobga olish va soliqlar solish mumkin

Offlayn plastik kartalar ishi toʻхtatiladi

12.12.2017

 

 

UzCard 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab DUET kartalari boʻyicha tranzaksiyalar oʻtkazishni toʻхtatadi. Bu haqda Yagona Umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) хabar beradi.

 

Xabarda qayd qilinishicha, joriy yilning 3-choragi mobaynida  DUET (“offlayn”)  kartalar orqali 16,3 mlrd soʻmlik 14 mingdan biroz ortiq tranzaksiyalar oʻtkazilgan. Koʻrsatkichlardan kelib chiqib, ushbu kartalar boʻyicha tranzaksiyalarni toʻхtatish e’lon qilindi.

 

Xuddi shu davrda elektron tijorat boʻyicha yakuniy ma’lumotlar umuman Oʻzbekistonda bunday operatsiyalar soni shu yilning 2-choragiga nisbatan kamayib, 220 mln. tranzaksiyani tashkil etganini koʻrsatadi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 182,4%ga koʻpdir, unda 77,9 mln. tranzaksiyalar qayd etilgandi.

 

3-chorakda elektron tijorat boʻyicha tranzaksiyalarning jami summasi 13,4 trln. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 228,4%ga oshgan (4,08 trln. soʻm).

 

3-chorak mobaynida Oʻzbekistonda 1,4 mln. plastik karta chiqarilib, bu 2-chorakka (908,210 ming birlik) qaraganda 54,2%ga koʻp demakdir.