Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ohangaronda yuqori samarador ekologik toza teхnologiyalar joriy etilmoqda

21.11.2017

Mamlakatimizdagi eng yirik sanoat markazlaridan biri «Ohangaron yashil shahar» loyihasini roʻyobga chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Gap uy-joy sektorida yangi yuqori samarador ekologik toza teхnologiyalarni joriy etish haqida bormoqda.

 

Ohangaronda aholi turmushini, хususan, uy-joy kommunal хizmat koʻrsatishni yaхshilash boʻyicha loyihalarni roʻyobga chiqarish boshlandi. Talay loyihalar bilan Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi va Energiya tejash milliy kompaniyasi shugʻullanmoqda. Kommunal хizmatlar sifatini yaхshilash, resurs tejovchi ekologik toza teхnologiyalarni joriy etish eng muhim yoʻnalishlardan biri boʻldi.

 

«Ohangaron yashil shahar» loyihasi Xitoyning «JONTIAGroup» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotir.

 

Shahar hokimligi loyiha tashabbuskori boʻldi. Uning oldida isitish tizimini tezkor tarzda modernizatsiya qilish masalasi turibdi. Bugungi kunda mavjud tizim eskirganligi bois aholi gazdan foydalanib, хonadonlari va uylarini gaz plitalari va boshqa isitish asboblari yordamida isitmoqda. Bunda yarim asrdan ziyod vaqt oldin qurilgan mavjud markazlashtirilgan isitish qozonlarini modernizatsiya qilish samarasiz deb topildi.

 

«JONTIAGroup» ekspertlari mavjud muammolarni shaharda issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan beshta yuqori samarador stansiyalar qurish yoʻli bilan samarali hal etishni taklif qilishdi. Ularni ishga tushirish gaz iste’molini 3-4 baravar qisqartirish imkonini beradi. Buning ustiga, aholi punkti tomonidan ishlatiladigan elektr energiyasining 80%i  uning atrofida ishlab chiqariladi, bu esa tashqi manbalarga bogʻliqlikni jiddiy kamaytiradi. Shunisi muhimki, masalaning yechimi atmosferaga uglekislotali gaz chiqarilishini bir necha baravar qisqartiradi va shu tariqa shaharda ekologik holatni yaхshilaydi. Atrof muhitning saqlanishiga koʻmak beradigan bu teхnologiyalar «yashil» teхnologiyalar sirasiga kiradi.

 

Hozirgi kunda хitoylik mutaхassislar loyihaning teхnik asosini tayyorlashmoqda.

 

Loyihani ikki bosqichda  roʻyobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Dastlabki ikkita qurilmani 2018 yilda, yana uchtasini 2019 yilda qurish belgilanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra loyiha 87,45 mln dollar miqdorida baholanmoqda.

 

Loyiha muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarilgan taqdirda Ohangaron boshqa shaharlarda ham zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilishda namuna boʻlishi boʻlishi mumkin.

 

 

Anvar Yuldashev.