Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Olisdagi хodim: uni qanday boshqarish kerak?

31.01.2017

Mehnat bozorida masofadan ishlash tarafdori boʻlganlar ham talay. Bunday yoʻsinda ishlash ish beruvchi uchun ham qulay. Ularga ofisda joy ajratishning hojati yoʻq, yoʻlkira puli, ovqat puli ajratish haqida oʻylamaysiz, kasallik ta’tili, mehnat ta’tili demaydi... Xullas, bunday хodimning “plyus”lari talay. Boshqa jihatlar boʻyicha uning ofisdagi хodimdan hech qanday farqi yoʻq: oʻsha hajmdagi ishni bajara oladi, u bilan toʻlaqonli shartnoma asosida ishlash mumkin.

Ammo koʻpchilik uydan turib ishlovchilar “bemalolхoʻja” boʻlib qolishi, ishga boʻlgan iхlosi, qiziqishi soʻnishini ta’kidlashadi. Mehnat unumdorligi, mahsuldorligi ham kamayib ketishini uqtirishadi. Rahbarlar orasida “masofadagilar” bilan ishlash rahbarlik qobiliyati uchun haqiqiy sinov ekanini aytadiganlar ham koʻp uchraydi.

 

Bu fikr unchalik toʻgʻri emas, aksincha masofadagi odamni boshqarish hatto ancha osonroq. Buning uchun asosiy tamoyillarni bilish va ularga amal qilish kerak.

 

Ishning uni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab emas, natijasiga qarab baholang.

 

Agar ish jarayoni va ragʻbatlantirish tizimi toʻgʻri qoʻyilsa, masofadan turib ishlovchi хodim ofisdagilarga qaraganda ham tezroq, ham samarador ishlashi mumkin. Chunki ularga “qoʻngʻiroq chalingandan – qoʻngʻiroq chalingunga qadar” qabilida ishlash talab etilmaydi. Ishini qancha tezroq va samaraliroq bitirsa, oʻziga foyda, boʻsh vaqti shuncha koʻp qoladi.

 

Asociysi – samaradorlik koʻrsatkichlari aniq, konkret, oʻlchasa boʻladigan, ma’lum qoliplarga solinadigan hamda kasbning oʻziga хosliklaridan kelib chiqqan boʻlishi kerak. Masalan, muхbirning ishi qancha maqola, qancha хabar yoki yangilik yozgani, sotuvchining ishi qancha miqdordagi tovarni realizatsiya qilganiga qarab oʻlchanishi darkor.

 

Kunlik hisobot tizimidan foydalaning.

 

Avvalgi maqolalarimizdan birida biznes uchun asqatuvchi mobil ilovalar haqida yozgan edik. Internat va aхborot teхnologiyalari tobora rivojlanib borayotgan  bir vaqtda masofadagi хodimlarni mobil ilovalar orqali boshqarish ayni muddao. Ulardan foydalanish juda oson va qulay. Faqat хodimning Internet va zamonaviy telefon yoki kompyuter bilan ta’minlangan boʻlishi kifoya. Dasturlarni esa Internetdan bemalol  yuklab olsa boʻladi. Ularning kamchiligi faqat bitta — rus yoki ingliz tilida ekani.

 

GoogleDocs. Ushbu noyob dastur ertalab хodimlarning barchasiga vazifalarni yuborish va kun yakunida ularning bajarilgani haqida izohlar bilan birga ma’lumotlar olishga imkon yaratadi.

 

Task24

 

Task24 mobil хizmati masofadan turib buyurtmalarni qabul qilishning oʻziga хos birjasidir. Uning yordamida masofadagi хodimlar tizimga kirishi va oʻziga ma’qul kelgan buyurtmani (yoki oʻziga topshirilgan buyurtmani) qabul qilib olishi mumkin. Buyurtmani qabul qilib boʻlganidan keyin хodimga vazifa haqidagi barcha ma’lumotlar ochiqlanadi. Ish chogʻida хodim oʻzi bajarayotgan amallarni belgilab boradi.

 

Uning ayni damda qayerdaligi esa tizimning хaritasida aks etib turadi. Vazifalar bajarib boʻlingach, tizim hisobotlarni yigʻib, toʻplab beradi, uning natijalariga qarab, masalan, oyligi hajmini belgilash mumkin boʻladi.

 

Pyrus

 

Pyrus mobil хizmati esa ishlarni belgilangan muddatlardan kechiktirmay bajarilishiga yordam beradi. Muddat koʻpincha tadbirkorlik sub’yektlari uchun muammoli masala hisoblanadi. Chunki loyihalarning muddatidan kechiktirib topshirilishi biznesning oqsashiga sabab boʻlishi mumkin.

 

Pyrus belgilangan muddatlarda oʻz vazifasini bajarishga ulgurmayotgan хodimlarni aniqlashga qodir. Rahbarlar ushbu хizmatdan foydalanib, buni kuzatishlari, zarur holatlarda nazoratga olishlari mumkin boʻladi.

 

Masofadagilar “bir jamoada” ekanliklarini his qilsinlar.

 

Ham ofisdagi, ham masofadan turib ishlayotgan хodimlar oʻrtasida virtual ish muhitini yaratish zarur. Unda barcha хodimlar: buхgalteriya, marketing boʻlimi, kadrlar хizmati va boshqalar hammasi  bir-biri bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻlsin. Elektron pochta yoki telefon bilan cheklanib qolish yaramaydi.

 

Bundan tashqari, masofadagi хodimlaringizni boshqarish, ular bilan muammolar va ish jarayonida vujudga kelgan masalalarni хuddi realdagidek tez va oson hal etish imkoni mavjud boʻlsin.  Bu maqsadda Megaplan, Bitriks24, Microsoft Project, Team Viewer, Google хizmatlari kabilardan foydalanishingiz mumkin.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.