Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisi 2017 yil 28-29 mart kunlari boʻlib oʻtadi

23.03.2017

Toshkent shahrida 2017 yil 22 mart kuni Senat Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligida oʻtkazilgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisini joriy yilning 28-29 mart kunlari chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Yalpi majlisning kun tartibiga davlat va jamiyat qurilishi uchun muhim masalalar, shu jumladan bir nechta qonunlar kiritilmoqda:

  • "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"
  • "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"
  • "Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"
  • "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida"
  • "Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"
  • "Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" va boshqalar.

 

Bundan tashkari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, Markaziy bank boshqaruvi raisi, Bosh prokuror, ichki ishlar vaziri, Hisob palatasi, Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning hisobotlarini eshitish hamda Oliy Majlis Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni muhokama qilish koʻzda tutilmoqda.

 

Oliy Majlis yuqori palatasi qoʻmitalarining va Devonining toʻqqizinchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan Senat raisining oʻrinbosari Svetlana Artikova boshchiligida tegishli ishchi guruh tashkil etildi.

 

Kengash majlisida Senat a’zolaridan tashqari tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ayrim fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

 

Ma’ruf USMANOV