Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Oliy Majlis Senatining XIX yalpi majlisi 29 sentyabrda boʻlib oʻtadi

29.09.2021

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan Senatning yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Yalpi majlisda quyidagi qonunlarni muhokama qilish nazarda tutilmoqda:

  • “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi;
  • “Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida”gi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi.

 

Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021 yil birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi.

 

Shuningdek, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2020 yildagi va 2021 yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti hamda boshqa masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_