Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisi 28 mayda boʻlib oʻtadi

26.05.2021

Rus tilida oʻqish

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisini 2021 yil 28 may kuni chaqirish toʻgʻrisida Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

 

Videokonferensaloqa shaklida ikki kun (28 – 29 may kunlari) davomida boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Xususan, quyidagi qonunlarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

  • “Transport toʻgʻrisida”gi;
  • “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va san’at хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va boshqa qator qonunlar.

 

Oʻzbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi toʻgʻrisidagi masala koʻriladi hamda Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil va 2021 yil birinchi choragi yakuni boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitiladi.

 

Yalpi majlisda ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash bilan bogʻliq muammolar hamda koronavirus pandemiyasidan keyin turizmni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga  parlament soʻrovlari yuborish, shuningdek, boshqa masalalar koʻrib chiqilishi ham rejalashtirilgan.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_