Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Oliy Majlis Senatining XVI yalpi majlisi 25 iyun kuni boʻlib oʻtadi

23.06.2021

Rus tilida oʻqish

2021 yil 21 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Senatning oʻn oltinchi yalpi majlisini 2021 yil 25 iyun kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda quyidagi qonunlarning muhokama qilinishi rejalashtirilgan:

  • “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi;
  • “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi;
  • “Sudlar toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida”gi;
  • “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi;
  • “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi.

 

Shuningdek, kun tartibida Oliy Majlis Senatining davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, Oliy Majlis Senatining Aхborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalalar va boshqalar.

 

Shu bilan birga, Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl, Bekobod shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.