Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import shartnomasi boʻyicha kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishda QQSga tuzatish kiritish kerakmi DTni oʻz ichiga olgan kompyuterlarni import qilishda bojхona qiymatiga nimani kiritish kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibi Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibi

Oliy Majlis Senatining XXXIII yalpi majlisi 7 oktyabr kuni boʻladi

05.10.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻttiz uchinchi yalpi majlisini 2022 yil 7 oktyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Yalpi majlisda bir qator qonunlar koʻrib chiqiladi:

  • «Standartlashtirish toʻgʻrisida»;
  • «Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»;
  • «Geografik ob’yektlarning nomlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»;
  • «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida».

 

Senatorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish natijalarini muhokama qiladilar.

 

Senatorlar iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohalarida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi, Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan ikkita parlament soʻrovi natijalarini muhokama qiladilar.