Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy ta’lim muassasalarida test sinovlari qanday oʻtkaziladi

06.04.2018

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari 15 kunda, har kuni ikki smenada oʻtkaziladi. Kunlik test topshiruvchi abituriyentlar soni oʻrtacha 57000–60000 tani tashkil etadi. Natijalar ertasi kuni DTM saytida e’lon qilinadi.

 

Davlat test markazi vakillari matbuot anjumanida shu haqda хabar berdilar.

 

Test sinovlari oʻtkaziladigan sana va vaqt abituriyent ruхsatnomasida koʻrsatiladi. Birinchi smena soat 8.00 da, ikkinchisi – soat 15.00 da boshlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlarini oʻtkazish uchun 57 ta bino tanlab olindi. Ularning eng kichigi 240, eng kattasi 6150 oʻrinlidir.

 

Savollar kitobida 3 ta fandan test sinovi topshiriladigan ta’lim yoʻnalishlari uchun 90 ta, 2 ta fandan test sinovi topshiriladigan ta’lim yoʻnalishlari uchun 60 ta, 1 ta fandan 30 ta savol boʻladi. Test topshiriqlarini bajarish va javoblar varaqasini toʻldirish uchun 30 ta test topshirigʻiga 1 soat, 60 ta test topshirigʻiga 2 soat, 90 ta test topshirigʻiga 3 soat vaqt ajratiladi. Test sinovi oʻtkazilmaydigan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha alohida iste’dod talab etiladigan ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati ham shakllantirildi.


Abituriyent binoga shaхsni identifikatsiyalash vositasi, videofiksatsiya qurilmalari, metallodetektor orqali kiritiladi. Test jarayoni uzluksiz videokuzatuv ostida oʻtadi. Oʻtkazilgan test sinovi boʻyicha videoyozuvlar DTMda saqlanadi.

 

Bu yil test sinovlariga 2100 nafarga yaqin nazoratchi jalb etilishi koʻzda tutilgan. Oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi test sinovi jarayonlarida ishtirok etmaydi, rais va mas’ul kotib bundan mustasno.