2017 yil fevralida Yagona umumrespublika protsessing markazi jismoniy shaxslarni kreditlash – overdraft xizmatini joriy eta boshladi. Bugun har bir xohlovchi «qoʻshimcha hamyon»ga ega boʻlishi mumkin. Biroq buni qanday qilib foydaliroq shartlarda amalga oshirsa boʻladi? Tafsilotlar bizning sharhimizda.
Xizmatni amalga oshirish uchun texnik imkoniyatlar yuzaga kelishi bilanoq overdraft boʻyicha ilk takliflar kiritila boshladi. Biroq Markaziy bank tomonidan Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangandan keyin banklar 2017 yil yozida yangi texnologiyalarni faolroq joriy eta boshladilar. Bugungi kunga kelib, tijorat banklarining bosh ofislari axborotiga koʻra, mamlakatimizdagi 9 ta bank bunday xizmatni taqdim etmoqda.
Yoningizdagi mablagʻ tovar yoki xizmat haqini toʻlashga yetmaydi deylik. Nima qilish kerak? Tanish-bilish yoki qarindoshlarga qoʻngʻiroq qilib, qarz olgan ma’qulmi? Bunday qilish shart emas. Variant bor – overdraft. Biroq kreditni istalgan miqdorda olib boʻlmaydi, ariza beruvchi oladigan oʻrtacha oylik ish haqining 3 baravar miqdoriga teng mablagʻ berilishi mumkin. Kreditning faqat sarflangan qismiga foiz hisoblanadi. Overdraft 12 oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Ariza beruvchining bank oldidagi majburiyatlari avtomatik ravishda, kelib tushgan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish yoʻli bilan bajariladi. Ayrim banklar ariza beruvchining naqd mablagʻ toʻlash orqali hisob-kitob qilishiga ruxsat beradilar.
Ushbu imkoniyatlardan foydalanish uchun tegishli xizmatni yoqish lozim. Buning uchun bankka murojaat qilish zarur. Bank xodimi, muassasada amal qiluvchi Nizomga muvofiq, ariza yozib, pasport nusxasi va muayyan davrdagi daromadlaringiz toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishingizni soʻrashi mumkin. Ayrim banklarga STIR, ShJBPH, mehnat daftarchasi va sugʻurta polisining nusxalarini taqdim etish zarur. Shuningdek banklarda overdraft ochishga ish beruvchining roziligini talab qilishlari mumkin. Ariza yuzasidan qaror 3 kun ichida qabul qilinadi.
Biroq masofadan turib, mobil ilova orqali overdraftni rasmiylashtirish imkonini beruvchi takliflar ham kiritilmoqda. Fikrimizcha, bunday imkoniyatni taqdim etuvchi banklar soni oshib boraveradi.
Foiz stavkalari. Ushbu mezonga koʻra takliflarni 5 toifaga boʻlish mumkin. Eng quyi foiz stavkasi – yillik 14% Asaka bank, Turonbank va Mikrokreditbankda belgilangan. Bunda Turonbankning takliflari faqat pensionerlarga moʻljallangan. Yillik 19, 24, 25 va 28% takliflar ham mavjud.
Takliflar turli guruhga mansub mijozlarga moʻljallangan. Aksariyat banklar faqat ish haqi plastik kartalariga xizmat koʻrsatish shartnomalarini tuzgan korporativ mijozlarining xodimlariga overdraft-kreditlarni taklif etadilar.
3 ta bank korporativ mijozlarining xodimlariga ham, boshqa jismoniy shaxslarga ham kredit berishga tayyor. Takliflarning ushbu segmentida ham turli foiz stavkalari – yillik 14, 19 va 25% amal qiladi.
Oleg Gayevoy.




Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_umida :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!