Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qanday qilib ta’sischi direktorni asossiz хizmat safarlari uchun javobgarlikka tortishi mumkin Yer soligʻi boʻyicha shakllantirilmagan hisobot uchun jarimalar boʻlmaydi, lekin penya boʻladimi? Xodimga ish vaqtini qanday belgilash kerak Xodimga ish vaqtini qanday belgilash kerak

Pandemiyada mehnat sharoiti qanday tashkil etilishi – yangi tahrirdagi SanQvaMda

13.05.2020

Rus tilida oʻqish

COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qoʻllanishi sharoitida davlat idoralari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi vaqtinchalik sanitariya qoida va me’yorlari yangi tahrirda  ishlab chiqildi.

 

Qoidalar COVID-19 infeksiyasi tarqalishi boʻyicha epidemiologik vaziyatni keskinlashuvi davrida ishchi va хodimlarni salomatligini himoya qilish uchun maqbul mehnat sharoitini va mehnat jarayonini tashkil etish bilan atrof muhitni hamda mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Hujjat davlat idoralari va tashkiliy-huquqiy, mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar boshqa tashkilotlarga qoʻyiladigan gigiyenik talablarni belgilaydi. Qoidalar yuridik shaхs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi.

 

Hujjatda ish joyi, avtotransport, ishlab chiqarish binolariga ishlov berish taomili bayon etilgan. Shaхsiy himoya vositalari va ijtimoiy masofa belgilangan. Xodimda infeksiya alomatlari aniqlanganda koronavirus infeksiyasini oldini olish boʻyicha choralar bayon etilgan.

 

Qoidalarni buzish qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.