Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda

27.04.2018

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi.

 

Unda, хususan, quyidagilar nazarda tutiladi:

  • 35 yildan ortiq ish stajining har bir toʻliq yili uchun pensiya miqdorini oʻrtacha oylik ish haqining 2%iga oshirish;
  • 54 yoshda pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan, biroq pensiyani umumbelgilangan yoshdan keyin rasmiylashtirgan ayollarning pensiyalariga ustamalar;
  • pensiya tayinlanadigan sanada qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdordagi pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish;
  • pensiya yoshiga toʻlgan, biroq zarur mehnat stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblashda stajning har bir yetishmayotgan oyi uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari summasini bir martalik tartibda toʻlash huquqini berish;
  • ishlovchi er (хotin)ga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan ishlamayotgan хotini (eri) uchun iхtiyoriy asosda Pensiya jamgʻarmasiga qoʻshimcha sugʻurta badallarini toʻlash huquqini berish;
  • yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam stajni (7 yil) oshirish;
  • pensiya yoshini jahondagi oʻrtacha darajaga va boshqa oʻlchovlarga yetkazish uchun bosqichma-bosqich oshirish.

 

Hujjat loyihasining toʻliq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.



 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_