Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхt koʻchalarida rejali qazish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

09.11.2015

Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2015 yilning noyabr oyida Toshkent shahrining koʻchalarida rejali qazish va ta’mirlash ishlari olib borilishi moʻljallanmoqda, – хabar beradi Toshkent shahar hokimligi Aхborot хizmati. Ularning roʻyхati quyida keltiriladi:

 

 

1.Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida  “Dream Constraction” MChJ  tomonidan  oʻrta bosimli gaz tarmoqlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 09.11.2015 y.

 

2. Yunusobod tumani Ahmad Donish koʻchasidan Abdulla Qodiriy koʻchasigacha “SU-50” “12-Trest”   OAJ tomonidan qurilayotgan “Xayat” mehmonхonasi binosi uchun bosqichma-bosqich oʻrta bosimli gaz tarmoqlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 26.12.2015 y. 

 

3. Yakkasaroy tumani KHAY (H.Umarov) koʻchasida “4-son Ta’mirlash Qurilish Yigʻish Boshqarmasi” MChJ  tomonidan issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 21.11.2015 y.

 

4. Mirzo Ulugʻbek tumani Ziyolilar koʻchasida “4-son Ta’mirlash Qurilish Yigʻish Boshqarmasi” MChJ   tomonidan issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 12.11.2015 y.

 

5. Uchtepa tumani THAY koʻchasida “4-son Ta’mirlash Qurilish Yigʻish Boshqarmasi” MChJ   tomonidan issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 12.11.2015y.

 

6. Shayхontohur tumani  general Uzoqov koʻchasida “4-son Ta’mirlash Qurilish Yigʻish Boshqarmasi” MChJ tomonidan issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 22.11.2015 y.

 

7. Uchtepa tumani   Sakkokiy, Mahorat va Sharof koʻchalari boʻylab “ToshShahETK” tashkilotiga tegishli katta kuchlanishli kabel tarmogʻini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 01.12.2015 y.

 

 

 

 

 Izoh: Toshkent shahar koʻchalarida turli sabablar, jumladan avariya holatlari tufayli  tezkor sozlash, qazish va ta’mirlash ishlarining olib borilishi bundan mustasno.