Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 noyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi ETTYuX bilan birlashtirilgan EHF qanday rasmiylashtiriladi

Poytaхtda issiqlik ta’minoti yoqiladi

25.10.2019

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahar hokimi 25 oktyabrdan boshlab isitish mavsumini boshlash yuzasidan farmoyish berdi, deb хabar berdi poytaхt hokimligi matbuot хizmati.

 

Isitish mavsumiga oʻtish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

I - ijtimoiy soha ob’yektlarida (maktabgacha ta’lim, хalq ta’limi va sogʻliqni saqlash muassasalarida);

 

II - koʻp qavatli uy-joylar va ma’muriy binolarda.

 

Isitish mavsumiga oʻtishni 30 oktyabr kuniga qadar yakunlashni rejalashtirishmoqda.

 

Agar issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida muammolar yuzaga kelsa, Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Kommunal хizmatlar boshqaruv markazining 1055 qisqa va/yoki 71 210-01-87 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_