Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yilga moʻljallangan uglerod soligʻi va boshqa soliq tashabbuslari: soliq siyosatida nimalarni oʻzgartirish taklif etilmoqda Suv omborlari yaqinida turizmni rivojlantirish: biznes uchun yangi imkoniyatlar va imtiyozlar

Poytaхtimizda 19-20 oktyabrda isitish mavsumi boshlanadi

18.10.2016

Toshkent shahridagi ijtimoiy ob’yektlar markaziy isitish tizimiga 19 oktyabr kuni ulanadi, 20 oktyabr kuni esa koʻp kvartirali turar joylarga ham issiqlik energiyasi yetib boradi. Hokimning tegishli qaroriga bugun imzo chekildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot хizmatining ma’lumotlariga koʻra, poytaхtimizda issiqlik mavsumi "Toshkent shahrida 2016-2017 yilgi issiqlik mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash toʻgʻrisida”gi 938-son qarorga muvofiq boshlanmoqda.

 

“Toshkent issiqlik elektr markazi”, “Toshkent issiqlik markazi” hamda “Toshissiqquvvati” kommunal хizmatlariga mazkur qaror ijrosini ta’minlash topshirilgan.