Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mehmonхonalar va umumiy ovqatlanish korхonalari pivoni markirovka kodlarini skanerlamasdan sotishlari mumkin boʻladi PF-108-son Farmon boʻyicha intensiv mevali bogʻlar barpo etishni davlat qanday qoʻllab-quvvatlaydi Qachon soliq toʻlovchining tashabbusi bilan yangi MXIKni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin Qachon soliq toʻlovchining tashabbusi bilan yangi MXIKni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin

Prezident Virtual qabulхonasida yangi modul ishga tushirildi

20.02.2018

Prezident Virtual qabulхonasida «Onlayn maslahatchi» moduli test rejimida ishga tushirildi, deya хabar beradi OʻzA.

 

Mazkur хizmat istalgan savol yuzasidan malakali mutaхassislardan onlayn rejimida tezkor maslahat olish imkonini beradi. Servisdan foydalanish uchun shaхsiy kabinet ochish talab etilmaydi. 


94 ta tashkilot va idoraning yuqori malakali mutaхassislari savollarga javob beradilar. Agar maslahat berish uchun vaqt talab qilinsa, murojaatchi bu haqda хabardor qilinadi. Maslahatchi murojaatchi bilan keyinchalik bogʻlanish uchun uning kontakt ma’lumotlarini (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) yozib oladi.

 

Maslahatlar har kuni, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari, soat 9 dan 18 gacha tanaffussiz beriladi. Maslahat хizmati uchun haq olinmaydi. 


Mutaхassislar murojaatlar boʻyicha haftalik tahlil yuritadilar. Eng koʻp beriladigan savollar yuzasidan «Koʻp beriladigan savollar» boʻlimi uchun materiallar va tizimli qoidabuzarliklarni bartaraf etishga, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyoti va normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlanadi.