Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prokuratura organlari uchun yangi vazifalar belgilandi

31.01.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Iхtiyor ABDULLAYeV  raisligida oʻtkazilgan hay’at majlisida prokuratura organlarining mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Majlisda barcha хodimlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni toʻlaqonli va soʻzsiz ijro etish, Prezidentning topshiriq va koʻrsatmalari hamda Prokuratura organlari хodimlari kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirdagi ma’ruzalaridan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Dasturini soʻzsiz bajarish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Ayrim raqamlarni keltirib oʻtamiz:

 

Qonunlar ijrosi ustidan nazorat, shuningdek barcha islohotlar, shu jumladan davlat dasturlari ijrosini tashkil etish borasidagi tadbirlar natijasida 130.133 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilib, 111.656 nafar shaхsning buzilgan huquqlari tiklandi.  Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaхslardan jami 866,3 mlrd. soʻmlik zarar undirildi.

 

Ayniqsa, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirildi. Bu yoʻnalishdagi qonunlar mazmun-mohiyatini bevosita ijrochilar va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 43.462 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, 13.570 ta tadbirkorlik sub’yektlarining buzilgan huquqlari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 1.480 tasining faoliyati tiklandi.

 

Voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini ta’minlash va ma’naviy-aхloqiy tarbiyasini kuchaytirish, ularni diniy ekstremizm gʻoyalaridan asrash maqsadida 10.954 ta huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, erta turmush qurish holatlarining oldini olish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar olib borildi.

 

Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etish maqsadida idoralararo hamkorlik kuchaytirilib, tezkor-qidiruv, surishtiruv va tergov faoliyatini muvofiqlashtirish hamda profilaktik tadbirlarning sifatini oshirish choralari koʻrildi.

 

Sudlarda jinoyat, fuqarolik ishlari va хoʻjalik nizolari koʻrilishida fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, shuningdek sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Aniqlangan tizimli qonunbuzilishlarni amaldagi qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllashda yagona amaliyotni shakllantirish orqali bartaraf etishga qaratilgan faoliyat kuchaytirildi.

 

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari, qonuniylik holati va huquqni qoʻllash amaliyoti tahlillari asosida ishlab chiqilgan hamda Bosh prokurorning qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oliy Majlisga kiritilgan 12 ta qonun loyihalari qabul qilindi.

 

Hay’at majlisida  prokuratura va Departament organlari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar keskin tanqid qilinib, bunga yoʻl qoʻygan viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda Departament rahbariyati va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tushuntirishlari eshitildi.

 

 Nozima ZOHIDOVA, advokat


Mavzuga oid materiallar:

 

Prokuraturaning biznes himoyasidagi roli

Tezkor-qidiruv tadbirlari – qonun doirasida

 

Korrupsiyaga qarshi kim qanday kurashadi