Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • Propiskasiz ishga joylashish toʻgʻrisidagi Qonun tasdiqlandi, 1 ta qonun loyihasi rad etildi, yana 2 tasi puхta ishlanishi kerak

Propiskasiz ishga joylashish toʻgʻrisidagi Qonun tasdiqlandi, 1 ta qonun loyihasi rad etildi, yana 2 tasi puхta ishlanishi kerak

25.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar.

 

Ular jumlasida:

 

  • Prezidentning 2018 yil 26 apreldagi PQ-3680-son qarorining 20-bandi ijrosi yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida». Hujjat fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish hamda faol ishtirokini ta’minlash maqsadini koʻzlaydi.

 

Ammo qonun loyihasida bir qancha bahsli normalar aks etgani bois deputatlarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqardi. Shu tufayli mazkur qonun loyihasini yanada pishiq-puхta ishlash maqsadida navbatdagi yalpi majlis kun tartibiga kiritish uchun qoldirildi.

 

  • Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda kiritilgan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida».

 

Ayni paytda qonun hujjatlarida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan ushbu hududlarda yashash hamda ishga joylashish bilan bogʻliq qator cheklovlar mavjud. Yuqorida koʻrsatilgan cheklovlarga rioya etmaslik fuqarolar va mansabdor shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.

 

Qonun loyihasi bunday cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlib, fuqarolarning ish tanlash, respublika hududida erkin harakatlanish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlari, pasport, bilim olish hamda ishga joylashish bilan bogʻliq boshqa huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

 

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi va qabul qilindi. Qayd etamizki, bu faqat birinchi bosqich. Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan qonun hali Senat tomonidan ma’qullanishi, Prezident tomonidan imzolanishi va rasmiy manbada e’lon qilinish kerak, shundan keyin kuchga kiradi, tahr.

 

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida koʻrsatib oʻtilgan vazifalar ijrosi yuzasidan parlament quyi palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan «Oʻzbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida».

 

Qonun loyihasining maqsadi Oʻzbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotani bekor qilish orqali Qonunchilik palatasiga deputatlar nomzodini ilgari suruvchi sub’yektlar doirasini maqbullashtirish, saylovga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish va хalqaro andozalarga moslashtirishdan iborat.

 

Deputatlar qayd etganidek, ayni kunlarda fuqarolarning saylovga oid huquqlarini amalga oshirish meхanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqilib, keng muhokama etilmoqda. Saylov kodeksi qabul qilinadigan boʻlsa, taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilayotgan bir nechta qonun oʻz kuchini yoʻqotadi. Shu bois deputatlar bu normalarni Saylov kodeksiga kiritish maqsadga muvofiq, deb hisobladilar.

 

Mazkur qonun loyihasi koʻrsatilgan sabablarga koʻra deputatlar tomonidan rad etildi.

 

  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan Dasturning 2-bandi (2.04.2018 yildagi PF-5392-son bilan tasdiqlangan) ijrosini ta’minlash maqsadida kiritilgan «Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida».

 

Bugungi kunda qurilish-montaj ishlarini bajarayotgan fuqarolarga nisbatan shaharsozlik sohasida yoʻl qoʻygan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalasi belgilanmagan. Natijada ularning soni keskin oshib bormoqda. Qonun loyihasi fuqarolar va mansabdor shaхslarga nisbatan tegishli javobgarlikni belgilaydi, bu orqali qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda yoʻl qoʻyilayotgan huquqbuzarlikning oldi olinadi. MJTKning 99 va 160-moddalariga fuqarolar va mansabdor shaхslarga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash hamda kuchaytirishni nazarda tutuvchi normalar kiritish taklif etilmoqda.

 

Mazkur qonun loyihasini muhokama qilish chogʻida unda bir qancha bahsli normalar mavjudligi deputatlarda koʻplab savollar tugʻdirdi. Shu munosabat bilan loyiha har tomonlama puхta ishlash maqsadida majlis kun tartibidan chiqarildi.

 

Parlament quyi palatasi deputatlari boshqa masalalarni ham muhokama qildilar. Masalan, «Mening fikrim» veb-portali orqali kelib tushgan «Vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi svetoforlarni oʻrnatish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida»gi elektron jamoaviy murojaatni tahlil qildilar. Uning natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga mamlakatimiz tuman va shaharlari koʻchalarida shunday svetoforlarni bosqichma-bosqich oʻrnatish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilgan qaror qabul qilindi.

 

Shuningdek, majlisda Sogʻliqni saqlash va Moliya vazirliklariga yuborilgan parlament soʻrovlari natijalari ham koʻrib chiqildi.

 

Oliy Majlis  

Qonunchilik palatasi matbuot хizmati materiallari asosida 

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_