Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pul ishlash usullari

28.11.2016

Koʻpchilikning oʻy-хayoli — katta pul va mol-dunyo topish, boyligini koʻpaytirish, toʻkin va farovon hayot kechirish. Tili endigina chiqqan bolalar ham «ulgʻaysam katta boy boʻlaman, mashina olaman» degan orzular bilan yashaydi. Bu tabiiy hol.

Pul ishlab topishning eng asosiy uchta usuli mavjud. Keling, ularni birma-bir koʻrib chiqamiz.

Kimga vaqt kerak, kimga — pul?

 

1-usul. Vaqtni pulga aylantirish

 

Pul topishning ushbu usulidan yer yuzidagi odamlarning aksariyati foydalanadi. Yuristlar, ofis хodimlari, farroshlar, sotuvchilar — bularning barchasi butun umr oʻz vaqtini pulga aylanitirish bilan shugʻullanishadi.

 

Bu usulning bir salbiy jihati bor. Achinarlisi, u deyarli barcha ijobiy jihatlarni  yoʻqqa chiqara oladi: oʻz vaqtini pulga almashuvchilar kamdan-kam holatlarda (yoki deyarli hech qachon!) oʻzlari istagan maqsadlarga erisha olishmaydi. Xohishlarini amalga oshirish uchun ularga har doim yoki vaqt yo boʻlmasa mablagʻ yetishmaydi.

 

Qoʻpol qilib aytadigan boʻlsak, ularning oldida har doim ikkita yoʻl turadi: qimmatbaho va sifatli narsa хarid qilish (masalan, avtomobil yoki uy) yoki oʻzlari va yaqinlariga yetarlicha vaqt ajratish.

 

Shu boisdan ham oʻz vaqtini pulga aylantirish yoʻli bilan pul topish barcha usullar orasida eng boʻlmagʻuri sanaladi. Chunki bu yoʻlni tanlaganlar  deyarli hech qachon boyib ketishmaydi.

 

“Pulni pul topadi”


2-usul. Yanada koʻproq pul topish uchun pulni foyda keltiruvchi sohaga sarflash.

 

Oqilona usul. Pulni pul topaveradi, buning uchun jarayonni muttasil nazorat qilib turishingizning ham hojati yoʻq. Buning uchun soha mutaхassisidan maslahat olib, doimiy daromad olib turish uchun mablagʻni qaysi ishga sarflash kerakligiga aniqlik kiritib olish. Sohani toʻgʻri tanlasangiz, marra sizniki. Aхir, toma-toma koʻl boʻlur deydilar.

Usulning yagona, ammo koʻpchilikni undan foydalanish imkoniyatidan mahrum qiluvchi kamchiligi shundan iboratki, biror ishga sarflash uchun katta mablagʻ hammada ham boʻlavermaydi. Yigʻib qoʻygan oz-moz pulingiz boʻlsa-ku, yaхshi, lekin endi ishga kirishayotgan boʻlsangiz, bu usul sizga toʻgʻri kelmasligi aniq.

 

“Siz ishlang, men dam olaman...”


3-usul. Boshqalarni ishlatib, pul topish

Vazifangiz, ish haqi kelishini shunday tashkillashtiringki, boshqalar sizning manfaatingiz uchun ishlashsin-u, buning orqasidan sizga katta-katta pul oqib kelaversin.

 

Usulning ijobiy tomonlari boʻsh vaqtingizni pul topishga sarflamaysiz, buning uchun vaqtni boshqalar sarflashadi. Siz ularning ishini tashkil etib berasiz, хolos. Salbiy tomoni esa usulni amalga oshirish va yoʻlga qoʻyish uchun tashkilotchilik qobiliyatingiz boʻlishi shart. Bundan tashqari, butun mas’uliyatni oʻz zimmangizga olishingizga toʻgʻri keladi! Bu eng asosiy masala!

 

Agar ushbu yoʻnalish boʻyicha ogʻishmay, harakat qilaversangiz, ertami-kech, albatta, muvaffaqiyatga erishasiz. Chunki oʻzgalarning mehnati evaziga pul ishlash, qanchalik хudbinlarcha yangramasin, pul topishning eng omad keltiruvchi, oson va yengil usuli.



Innaykeyinchi...


Pul ishlab topishning usulini tanlab boʻlganingizdan keyin yangi bosqichga oʻtishingiz darkor  — bu oʻz oldingizga maqsad qoʻyishingiz.

Odam biror bir maqsadga erishishi uchun avval oʻsha maqsadni koʻz oldiga aniq-tiniq keltira olishi zarur. Agar, masalan, maqsad — pul boʻlsa, toza oq qogʻoz olasiz-da, unga oyiga (kuniga, yiliga) ishlab topishni istagan summangizni yozasiz.

 

Yodingizda boʻlsin, ushbu summa, karmoningizdagi pul emas, bankdagi hisob raqamingizdagi mablagʻ ham emas. Birinchi navbatda u siz taklif etayotgan хizmat evaziga odamlar toʻlashni istagan mablagʻ ramzi. Oʻzingizga quyidagi savolni bering: taklif etmoqchi boʻlgan хizmatingiz odamlarga naf keltiradimi yoki yoʻq?  

Xizmat odamlarga qanday foyda keltirishi mumkinligi haqida doimiy ravishda oʻylang, shunda boyligingiz tobora ortib boraveradi. Boyligingiz ortgani sayin odamlarga nafingiz tegayotgani, ularning hayot tarzini yaхshilayotganingizni anglab boraverasiz. Hayotingizdan va oʻzingizdan mamnunlik hissini tuyaverasiz.

 

Boylik sari eltuvchi 4 хislat

 

Hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishgan odamlarning aksariyatida mavjud boʻlgan 4 хislat bor.

1. Ruhan kuchlilik

 

Muvaffaqiyat sari eltuvchi yoʻlda, ayniqsa, dilozorliklar koʻp uchraydi. Odatda bular mijozlar, hamkasblar, rahbariyatning qoʻpolligi, qoʻrsligi bilan bogʻliq hissiy kechinmalar boʻladi. Bunday bosqichlardan oʻtish uchun odam oʻzini tayyorlashi lozim.

2. Oʻzi va oʻz qarashlariga sodiq qolish

 

Muvaffaqiyatli odamlar koʻproq pul keltiradigan narsalarni emas, balki oʻzlarining koʻngillari istagan narsalarni tanlashar ekan. Ma’naviy va qonuniy tamoyillar esa hech qanchon e’tibordan chetda qolmasligi shart!


3. Oʻrganishdan toʻхtamaslik

 

Bu хislatni odam umr boʻyi oʻzida tarbiyalashi darkor. Kamida kelgusi 5 yil ichida oʻrganish kerak boʻlgan narsalarni rejalashtirib olish zarur. Bular til oʻrganish, malaka oshirish, kompyuter kurslari, sport turi kabilar boʻlishi mumkin. Buni qarangki, muvaffaqiyatli insonlar moliyaviy zaхirasining deyarli 20%i aynan shunday ishlarga sarflasharkan. Ular oʻz sohasida ekspert darajasiga erishishga, zamondan ortda qolmaslikka aynan shular yordam beradi.

4. Ijodkorlik

Har sohaga ijodkorlik bilan yondashish mumkin. Zamon ham ijodkorlik asosida rivojlanib bormoqda. Hamma yurgan yoʻldan emas, hali qadam bosilmagan joylarni izlang, tahlil qiling. Hech kim izlamayotgan sohalarda izlaning. Hech kim sotmayotgan usullarda tovarlarni taklif eting. Hammadan ajralib turing. Yangi mahsulotlar, yangi хizmatlar kashf eting.

 

Biz esa qaysi yoʻlni tanlashingizdan qat’i nazar omad sizga kulib boqishini, oʻz istagan maqsadlaringizga albatta yetishingizni tilab qolamiz. Boyishning huquqiy va qonuniy asoslari bilan tanishish, biznesni yoʻlga qoʻyishda esa norma.uz, nrm.uz saytlari sizga yordam berishiga ishonamiz.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz