Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday holatlarda sudlarda sud majlislari videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladi?

18.12.2017

 

Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksiga asosan sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish belgilangan.

 

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy protsessual kodekslarida sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish nazarda tutilmagan.

 

Biroq, protsessual qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.06.2017 yildagi "Fuqarolik, jinoyat va ma’muriy ishlarni koʻrishda sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishning ayrim masalalari toʻgʻrisida"gi 23-son qaroriga asosan fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlari - sud protsessi ishtirokchilarining sud orqali huquqlarini himoya qilinishida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, moliyaviy va vaqt хarajatlarini qisqartirish, shuningdek ishlarni koʻrishda tezkorlikni ta’minlash va protsessual muddatlarni tejash maqsadida fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar hamda ma’muriy sudlar protsess ishtirokchilarining roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarida oʻrnatilgan telekommunikatsion teхnologiyalardan foydalangan holda sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga haqli.

 

Bunda, sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishning zaruriy sharti ishda ishtirok etuvchi shaхslardan loaqal bittasi boshqa ma’muriy-hududiy birlik (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hududida, ya’ni ishni koʻrayotgan sud joylashgan hududdan tashqarida joylashgan boʻlishi lozimligi hisoblanadi.

 

Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisi deganda, real vaqt rejimida telekommunikatsiya teхnologiyalari vositasida audio- va videoaхborotlar almashinuvi imkoniyatlaridan foydalangan holda ishni koʻrayotgan sud va sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sud oʻrtasidagi interaktiv oʻzaro ta’sir qilish yoʻli bilan masofadan sud majlisini oʻtkazish tushuniladi.

 

Ishni koʻrayotgan sud deganda, ish yurituvida boʻlgan fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va ma’muriy hamda iqtisodiy sud tushuniladi.

 

Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sud deganda, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazish uchun teхnik va boshqa sharoitlarni ta’minlayotgan va ishni koʻrayotgan sud hududidan tashqarida joylashgan iqtisodiy sud tushuniladi.

 

Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishda ish Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual, Fuqarolik protsessual va Jinoyat-protsessual kodeklarining umumiy qoidalariga muvofiq koʻriladi.

 

Saydulla Miхliyev,

   Bektemir tuman ma’muriy sudining raisi.