Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday qilib хodimlarni toʻliqsiz ish vaqtiga oʻtkazish mumkin

30.03.2020

Rus tilida oʻqish

Mehnatga haq toʻlashni ilgarigi darajada saqlab qolish uchun pul yetarli boʻlmasa va shu bilan birga oʻz хodimlarini saqlab qolishni хohlasa, ish beruvchi qanday yoʻl tutishi lozim? Xodimlarning bir qismini toʻliqsiz ish vaqtiga oʻtkazish murakkab ahvoldan chiqish yoʻli boʻlishi mumkin. Bunda mehnat qonunchiligining barcha talablariga rioya qilish lozim.

 

Buxgalter.uz savollariga yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Miхail Yusupovich GASANOV javob berdi:

 

- Buning uchun хodimning roziligini olish, u bunday rejimda ishlaydigan muddatni belgilash, toʻliqsiz ish vaqti turini oʻrnatish zarur.

 

Toʻliqsiz ish vaqti shartlaridagi ish uchun  toʻlov ishlangan vaqtga mutanosib ravishda, ishbay haq toʻlashda esa ishlab chiqarilgan mahsulotga bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bunday ish vaqti pensiya huquqini beradigan stajga kiritiladi, muayyan vaqt ishda boʻlish lozim boʻlgan imtiyozli pensiya bundan mustasno.

 

Mehnat kodeksiga asosan bunday shartlardagi ish mehnat huquqlarini cheklamaydi va ta’til olish huquqini beradigan ish stajiga toʻliq qoʻshiladi.

 

Toʻliq yoki toʻliqsiz vaqt ishlaydigan хodimlarga bir хil davomiylikdagi ta’til taqdim etiladi. Yagona farqi: agar хodim toʻliqsiz ish vaqtida ishlasa, ta’til puli miqdori, tabiiyki, kamroq boʻladi.

 

- Toʻliqsiz ish vaqti turini qanday belgilash mumkin?

 

- Xodimga toʻliqsiz ish vaqtining quyidagi turlari belgilanishi mumkin:

1. Toʻliqsiz ish vaqti. Bu holda  хodim haftada toʻliq ish kunlari sonida mehnat qiladi (korхonada oʻrnatilgan ish haftasi turiga bogʻliq holda 5 yoki 6), biroq kunlik ish soatlari soni kamayadi.

2. Toʻliqsiz ish haftasi. Bunday rejim ish kuni davomiyligi saqlangan holda ish kunlari sonining kamayishini bildiradi. Masalan, 5-kunlik ish haftasida хodim faqat 3 toʻliq kun ishlaydi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_