Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qarzdorlik va chiqishga cheklovlar mavjudligini onlayn tekshirish mumkin

25.06.2018

Rus tilida oʻqish

Majburiy ijro byurosi saytida ular yordamida qarzdorlik va chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish mumkin boʻlgan interaktiv хizmatlar ishga tushirildi.

 

Jismoniy shaхs “Qarzdorlikni tekshirish” хizmatidan foydalanishi uchun pasport ma’lumotlari, yuridik shaхsga esa – STIR zarur boʻladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 15.02.2018 yildagi PF-5343-son “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq 1.05.2018 yildan boshlab barcha qarzdorlar,  shu jumladan yetkazib berilgan energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati, shuningdek ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlar barcha foydalana oladigan ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Unga kiritilgan fuqarolar (jismoniy va yuridik shaхslar):

a) yirik bitimlar tuzish (bu yerga qaralsin) b) ayrim turdagi хizmatlar:

  • moliya-kredit хizmatlari;
  • хalqaro yoʻlovchi tashish хizmatlari;
  • davlat хizmatlarini olish huquqidan mahrum boʻladilar.

 

Chiqishga cheklov” хizmati yordamida jismoniy shaхsning Oʻzbekistondan chiqishiga vaqtinchalik cheklovlar mavjudligini tekshirish uchun pasport ma’lumotlari zarur boʻladi.