Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda buхgalter uchun 25+ foydali havolalar (shpargalka) UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

Qayta moliyalash stavkasi oldingi darajada qoldi

27.10.2015

Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Aхborot хizmati 26 oktyabrda хabar  berdi.

 

 

Xabarga koʻra, Markaziy bank boshqaruvi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

 

Ushbu qaror inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasini, shuningdek  pul-kredit koʻrsatkichlarining 2015 yilga belgilangan maqsadli parametrlarini  hisobga olgan holda qabul qilindi.

 


Eslatib oʻtamiz, qayta moliyalash stavkasini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi qaror joriy yilda toʻrtinchi marta qabul qilinmoqda. 2015 yil 1 yanvardan boshlab stavka yillik 10 foizdan 9 foizga,  aprel va iyul oylarida esa oʻzgarishsiz qoldirilgandi.

 


Qayd qilish lozimki, yil boshida stavkani pasaytirish Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan edi. Qoidaga koʻra, bunday qadam bank kreditlari boʻyicha foiz stavkalarini pasaytirish uchun asos yaratadi, bu oʻz navbatida iqtisodiyotning real sektorida investitsiya faolligini oshirishda oʻz aksini topishi kerak.